PSIXOLOGIK_TEST
O’ZINGIZDAN MAMNUNMISIZ⁉️
Savollarga ha yoki yo’q deb javob bering:
- Qaytadan tug’ilishni va hammasini boshidan boshlashni hohlaysizmi?
Ha- 4 ball Yo’q- 16 ball - Mashg’ul bo’lish uchun har doim vaqt ajratadigan qiziqishingiz bormi?
Ha- 18 ball. Yo’q – 5 ball. - Ishingiz yurishmasa: -«Faqat menda shunaqa» deb o’ylaysizmi?
Ha- 6 ball Yo’q- 12 ball. - Kimdir sizga havas qilsa hursand bo’lasizmi?
Ha- 16 ball. Yo’q- 2 ball. - Sizni, ezmalanib gapiradi, deyishganini eshitib qolsangiz hafa bo’lasizmi?
Ha- 3 ball. Yo’q- 12 ball. - Do’stlaringizni ishi ham siznikidek yurishmasa (bu hol faqat menda emas ekan deb) hotirjam bo’lasizmi?
Ha- 18 ball Yo’q- 5 ball. - Qandaydir ish sizsiz ham yaxshi ketayotganini bilsangiz havotirga tushasizmi?
Ha- 2 ball Yo’q- 16 ball. - Qarindoshlaringiz yoki tanishlaringiz kattaroq narsa
( komp. telvizor mebel va h.k) harid qilishsa xasadingiz keladimi?
Ha- 1 ball Yo’q- 12 ball. - Latoreyada katta pul yutib olish, hayolingizdan tez-tez o’tib turadimi?
Ha- 4 ball Yo’q- 20 ball. - Fikrlaringizni atrofdagilarga aytishni yoqtirasizmi?
Ha- 16 ball Yo’q- 3 ball.
TO’PLAGAN BALLARINGIZNI HISOBLAB CHIQIB NATIJALARNI PASTDA O’QISHINGIZ MUMKIN:?
NATIJALAR:
? 120 balldan ko’p:
Siz o’zingizdan nihoyatda mamnunsiz. O’zingizni tanqid qilishni ham, o’zgalar sizni tanqid qilishini ham yomon ko’rasiz. Lekin ba’zida yaqinlaringizning asosli tanqidi sizga foyda keltirishini unutmang.
? 60 balldan 120 ballgacha:
Siz o’z kuchingizga yetarlicha ishonasiz. Lekin o’zingizdan unchalik ham mamnun emassiz. Kamdan-kam hollarda qilayotgan ishingizdan qoniqasiz, ishni yaxshi bajargan bo’lsangiz ham ko’nglingiz to’lmaydi.
? 60 balldan kam:
Siz o’zingizdan umuman mamnun emassiz. Biror ishni boshlab, o’zingizga ishonmaganingiz uchun bu ishni yarim yo’lda tashlab ketishingiz mumkin. Atrofga bir nazar tashlang. Ahir sizning boshqalardan kam joyingiz yo’q. O’zingizga va yaqinlaringizga ishoning va bu kelajakda albatta o’z mevasini beradi.
E’tiboringiz uchun tashakkur azizlar?
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.