Sumkangiz xarakteringizdan so‘zlaydi

  1. Katta hajmdagi sumka

Bunday sumkani odatda, to‘lib-toshib yuradigan, jo‘shqin ayollarda uchratishingiz mumkin. Ushbu sumka egasining dunyoqarashi juda keng va 100% ishonch bilan aytish mumkinki, ular juda ishchanlar. Katta sumkani xush ko‘ruvchilar nima ishga qo‘l urmasinlar yuksak cho‘qqilarga erishadilar. Ular odatda ochilishi oson va ichiga hamma narsa joylash mumkin bo‘lgan sumkalarni tanlashadi.

  1. Nafis zamonaviy sumka

Bu turdagi sumkada joy juda kam. Uning egasi, sumkaga faqatgina uy kaliti, telefon va kichik oynanigina sig‘dira oladi. Didi nozik ayollar aynan shunday uslubdagilarini xush ko‘rishadi. Ular vaqtlarining ko‘p qismini tashqi ko‘rinishlariga ajratadilar. Bunday ayollar aksariyati hatto do‘konga ham pardozsiz chiqa olmaydilar. Tabiiyki, ular doimo go‘zal ko‘rinadilar. Moda va go‘zallik ularning jonu dili. Ular turmush qurganlaridan keyin ham sevimli garderoblariga alohida mehr berishadi. Agar bunday ayol ishlashga qaror qilsa, vaqtining asosiy qismini ishga umuman alaqodor bo‘lmagan gurunglarga sarflanadi.

  1. Klatch

O‘rtacha hajmdagi klatchlarni, moda olamidagi yangiliklarga qiziquvchi ayollarda uchratishingiz mumkin. Ular hech ikkilanmasdan o‘z hayotlariga moda olamidagi yangiliklarni o‘zlashtira oladilar. Klatch tutishni xush ko‘ruvchilar yoshlari chegaralanmagan, uni istalgan yoshda tutish mumkin.

  1. Juda katta hajmdagi sumka

Bunday sumkalarni ijodkor ayollar tanlaydilar. Ular doim o‘zlari bilan kerakmas mayda-chuydalarni olib yurishadi. Chuqur sumka ichidan kalit yoki kerakli hujjatlarni topish qiyinchilik tug‘dirishi rost. Lekin biror nimani yo‘qotib qo‘ygandan ko‘ra shunisi durust-da.

  1. Sakvoyaj

Sifatli charm sumka ishbilarmon ayollarga xosdir. Sakvoyaj egalari aniq maqsadga, ishda esa omadga erishgan xonimlar bo‘lishadi. Fe’l-atvorida har bir ishga g‘ayrat bilan kirishish ustunlik qiladi. Bunday ayollar uyda ham, ishda ham buyruq berishni xush ko‘rishadi. Sumka ichida qat’iy tartib saqlanadi. Xuddi shuningdek ishga bog‘liq munosabatlarda ham bu qoidaga rioya qiladilar.

  1. O‘rta hajmdagi bezaksiz oddiy sumka.

Mazkur ko‘rinishdagi sumka sohibasi ajoyib tashkilotchidir. Uning fe’l-atvorida ajablanarli darajadagi og‘irlik, bosiqlikni kuzatishingiz mumkin. U o‘zi uchun asosiy narsani ajratib olib, ikkinchi darajali narsalarga ahamiyat bermaydi. Har doim nima istayotganini aniq biladi.

  1. Zanjirli sumka.

Bunday sumkani xush ko‘ruvchi xonimlar kimda qanday taassurot qoldirish kerakligini yaxshi bilishadi. Ular ko‘zga tashlanadigan, yorqin ranglarni va katta xajmdagi taqinchoqlarni xush ko‘radilar. Timsox, leopard terisidan, xayvon junglaridan tikilgan kiyimlar, aksessuarlar ularning jonu dili. Zanjirli sumka egasi nima xohlayotganini aniq biladi va uning ijobiy tomoni ham ana shunda.

  1. Ushlagichsiz juda kichik hajmdagi sumka

Qoidaga binoan bunday sumka pardoz sumkasi(kosmetichka) deyiladi. Uning ichiga, ruchka, uy kaliti, tush, lab bo‘yog‘i,yon daftarchalar sig‘ib ketaveradi. Sumkaning kichik xajmi esa uning egasi o‘ta sipo va vazminligidan darak beradi. Bunday xonimlar hamma narsada tartibni va oldindan rejalashtirilganlikni yoqtiradilar.

  1. O‘z qo‘lingizda tikilgan yoki egasi tomonidan bezatilgan sumka.

Bunday hildagi sumka sohibasi go‘zallikka oshno va barcha g‘ayrioddiy narsalarni xush ko‘ruvchi insondir. Ular yaxshi uy bekasidirlar. Sevimli mashg‘ulotlarida yutuqqa erisha oladilar. Kar’eradan ko‘ra, uy ishlari bilan shug‘ullanishni afzal bilishadi va bu borada barchaga namuna bo‘la olishadi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish