RUHIYAT
? Sizning noyob toshingiz qaysi?
? Avgust – Peridot
Bu turdagi odamlar gaplashishni yoqtirishadi. U har kim bilan do’stlashib keta oladi: umumiy fikr topish uning uchun muammo emas. U hushmuomala, e’tiborli suhbatdosh, insonlarni qiyin vaziatlarda va yomon hayollarni quvishda qo’llab quvvatlaydi.
? Sentyabr – Sapfir, aqiq (zangori yoqut)
Sentyabr oyida tug’ilganlar sokin xarakteri bilan farqlanadi, lekin ular intizomli, hattoki barcha narsaga befarq bo’lishlari, xech qanday hissiyotga ega bo’lmasliklari ham mumkin. U taqlid qiluvchilarning yorqin namoyondasi, boshqalar ustidan boshqaruv o’rnatishga moyil, biroq unga ishonishni boshlash uchun biroz vaqt kerak.
? Oktyabr – Oniks, Opal (bezak uchun buyumlarga ishlatiladigan mineral)
Bunday quvnoqvoylar sira charchamaydi. Hammasidan ham ular sokin insonlar, lekin birdaniga quvnoqlik va xushnudlikni kelishi ularni yanada jozibador va qiziqarli qiladi. Ular doim diqqat markazida bo’lishadi, ba’zan buni o’zlari xohlamaslarda.
? Noyabr – Selinit va Sitrin
Agar sizning do’stingiz noyabrda tug’ilgan bo’lsa, doim u bilan birga bo’lishga harakat qiling, axir omad doim ular tomonda. Albatta bu ko’proq pul bilan bog’liq. Bunday odamlar har doim iliqlik, nur va quvonch tarqatadilar.
? Dekabr – Beryuza (feruza)
Dekabrda tug’ilgan insonlar sokin xotirjam insonlardir. Ular bilan muloqotda bo’la turib bunday donolik qayerdan deya hayron qolasiz. Ular doim qo’llab quvvatlaydi va himoya qiladilar- bu gapga ishoning. Shuning uchun yordam kerak bo’lganda ularga murojaat qiling.
? Yanvar – Yashil rangli yoqut
Yilning boshida tug’ilgan bu insonlar hisob-kitobga usta, mantiqiy fikrlashga yaxshi. Yana ular sevishga, g’amxo’rlik qilishga va odamlarni qiyin vaziatlarda qo’llashi tahsinga loyiq.
? Fevral – Ametist (safsar yoki ko’kish mineral)
Ular bir so’z bilan nafis. Dunyoni asrash ularning ulkan istaklari. Urush janjallar ular uchun emas. O’zlarining mavhum, hayoliy dunyolari ular uchun norma, oddiy holat va buni yoqtiradilar. Qo’pol aytganda, haqiqiy hayotda yashamaydilar, ularning hayollari qaysidir osmonlarda bo’ladi.
? Mart – Turmalin va akvamarin (yashil havorang qimmatbaho tosh)
Mart oyida tug’ilganlar ruhan va jismonan toza. Ular salomatlik, kuch, yoshlik va sevgiga intilish bilan boshqalardan farq qiladi. Yuvilgan kirlarni qayta kir mashinaga solish ular uchun oddiy hol. Shuningdek kristal okean suvi kabi, huddi akvamarindek tiniq ruhiyatga egadirlar. Ular bilan muloqot qilish oson, aldamasliklari bilan boshqalardan farqlanadilar.
? Aprel – Korall, olmos
Olmos-eng mustahkam tosh, parchalash qiyin. Ayni shu sabab olmos sevgi ramzi hisoblanadi. Bunday odamlarni sindirish qiyin, yengilmaydilar, hatta eng qiyin paytlarda ham. Balki shuning uchundir diqqat markazini ushlab qola oladilar.
? May – yashil kvarts, zumrad
May odamlari-o’rtoqlari qalbi. Ular har qanday odam bilan chiqishib keta oladi. Bundan tashqari o’ziga xos «yelim», qarama qarshi aloqalarni ham yumshata oladi. Shuningdek, hamdard va eng yaxshi do’st bo’la oladi.
? Iyun – Agat va dur
iyunda tug’ilganlar, ular o’zlarini hayratlanarli taqdirga mahkum etadi, ular takrorlanmas insonga aylanadilar. Dur beayblik ramzi deya takidlaydi tarixiy ilm. Ular tarixni sevuvchi ajoyib insonlar.
? Iyul – Pushti kvarts va rubin
La’l insonlar judayam hissiyotga boy. Ular tuyg’ularini bor ovozda e’lon qiladilar. Pashshadan fil yasaydilar. O’ziga ichonuvchi yagona insonlar, hatto har qanday chaqiriqqa javob beradi. Ba’zida kim uchundir o’zini aldashi mumkin.
Endilikda toshlarizni tugulgan oyizga qarab tanlashiz mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.