Vaziyatga To’g’ri Baho Berishni O’rganamiz
❗️Tanqidni yengish sari uch qadam
?Tanqid – bu xoh o‘qituvchingizdan, xoh ota-onangizdan, xoh do‘stingizdan yoki xoh dushmaningizdan bo‘lsin, uni eshitish doim ko‘ngilsiz. Agar tanqid asosli bo‘lsa, siz uni rivojlanishda bir rag‘bat sifatida foydalansangiz bo‘ladi. Agar tanqidning asosiy maqsadi – sizga zarar yetkazish bo‘lsa, siz bunday mulohazalarni yomon odatlar kabi tashlab yuborishga o‘rganish ustida ishlashingiz kerak. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirasiz?
?Asosli va asossiz tanqid orasidagi farqni ajratishga o‘rganing. Bu uni yengish yo‘lidagi birinchi qadam. Siz odamning bunday fikri nima bilan bog‘langanini, uning niyati qandayligini tushunishni o‘rganishingiz zarur.
☝️Agar siz tanqidning mutlaqo asossiz, ma’nosiz va uning asosiy maqsadi sizni ranjitish ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, u holda siz maqolaning ikkinchi qismiga o‘tishingiz mumkin.
1⃣.Mulohazaning nafaqat bildirish usuliga, balki ma’nosiga ham e’tibor qaratishga harakat qiling.
2⃣.Siz mukammal emasligingiz to‘g‘risidagi haqiqatni qabul qiling. Bu tanqidni yengishga juda katta yordam beradi. Agar siz o‘z harakatlaringizga biroz bo‘lsa-da qarama-qarshi javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlasangiz, unda har doim hamma narsani to‘g‘ri qilayapman deb hisoblamang.
3⃣.Yurakka yaqin olmang. Agar rahbaringiz oxirgi paytlarda ishlaringiz odatdagidan unumsizroq bo‘lib qolganini aytsa, bu sizni tanbal va erinchoq deb hisoblashini bildirmaydi; u sizning ko‘proq harakat qilishingizni xohlaydi xolos.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.