#JAVOBLAR
1. Boyo’g’li- siz juda ko’p sinovlarni boshingizdan o’tkazgansiz va xar bir sinovdan yetarlicha xulosa chiqargansiz. Ushbu sinovlar sizni dono qilgan. Boyo’g’li donolik ramzi.
Qalbingizdagi donolikka yo’l oching. Istalgan og’ir vaziyatda avvalga o’tkazgan kunlaringizni yaxshilab o’ylang va chora toping. Siz eng aqllisiz.
2. Ayiq. Siz yetarlicha qaysarsiz. Sizni biror nimaga ishontirish mushkul. Go’yoki yuzaki ishonasiz aslida ishonmaysiz.
Odamlarga imkon berishni o’rganishingiz kerak. Biror narsa kelishi uchun o’sha narsani o’rni bo’shashi kerak. Siz o’sha o’ringa nomunosibni ushlab turibsiz. U odammi, buyummi, tuyg’umi o’zingiz bilasiz. Muximi ularni o’rnini bo’shating. Qaysarlik qilmang.
3. Stressdasiz. Sizga suyanadigan kuchli yelka yoki rag’bat kerak. Siz mag’rursiz ammo ich ichingizdan sizni qo’llab quvvatlashlarini, maqtashlarini juda istaysiz. Ammo atrofdagilar buni tushunishmaydi va sizni mag’rurligingiz tufayli sizga yordam kerak bo’lmaydi deb xisoblashadi.
✍SHer bu kuchlilik simvoli. Ammo kuchli bo’lish uchun atrofingizga sizni yaxshi tushunadigan, qo’llab quvvatlaydigan insonlar kerak. Afsuski xozir shunday deb aytolmaymiz. SHu jixatga e’tibor bering.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.