Hoziroq bajaring…
1) Bir yillik maqsad va rejalaringizni tuzib chiqing.
2) Tuzgan maqsad va rejalaringizdan kelib chiqqan holda yilga nom bering. (Misol uchun: 2022-yil «Shaxsiy rivojlanish va maqsadlarga erishish»)
3) Har bir oy uchun vazifalarni taqsimlang va oylarga nom bering. (Misol uchun: Yanvar – «Pozitiv va kreativ fikrlash»)
4) Hafta kunlarini nomlang. (Misol uchun: Dushanba – INTIZOM kuni, va shu kun davomida intizomga amal qiling)
5) Kunlik vazifalaringizni 3 guruhga ajrating:
1.Juda muhim
2.Muhim
3.Muhim emas
Juda muhim vazifalarga har kuni qilishingiz kerak bo’lgan va maqsadlaringizga erishish uchun bosib o’tiladigan yo’lning kichik qadamlaridan iborat bo’ladi.(Misol uchun:25 daqiqa davomida kitob o’qish). (Bunda cheklist va «pomodoro» texnikasidan foydalanishingizni maslahat beraman)
Muhim vazifalarga esa ikkilamchi ishlar kiradi.
Muhim emas vazifalarni esa siz bajarmaysiz, aksincha boshqalarga yuklaysiz ?
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.