QIZLAR – SIZGA HAMMANING HAVASI KELIB BOQSINMI? UNDA BUNI O’QING.

Qiz bola degan mana undoq qiladi, bundoq qiladi, degan gaplarni ko‘p va xo‘p eshitgandirsiz. «Sening yoshingda men…» deya boshlanuvchi o‘gitlardan ham charchaganingiz rostdir. Axir hammadan xar xil fikr chiqadi–da. Biz esa sizga qizlarning guli bo‘lish sirlarini ochishga jazm etdik. Ulardan voqif ekansiz, barchaning yuragini «jiz» ettirishingizga chin dildan ishonamiz.

?Doimo qaddingizni baland tutib yuring. Bukchayish erinchoqlik belgisi sanaladi. O‘tiribsizmi, turibsizmi, doimo gavdangiz tik ushlang, hatto yolg‘iz qolganingizda ham!
?Orasta bo‘ling. Har kuni dush qabul qiling, kiyimlarning tozasini kiying. Agar bexosdan libosingizga dog‘ tushirib qo‘ysangiz, darrov uni almashtirib oling, bunga sira erinmang. Qarindoshlarning tadbirlariga xizmatga yuborishsa, har ehtimolga qarshi sumkangizga biror qo‘shimcha kiyim solib qo‘yishni unutmang.
?Sochingizga alohida e’tibor qarating. Kuniga bir necha marta tarashga odatlaning. Vaqti vaqti bilan turmagingizni tartibga solib turing. Odamlarning oldida taranmang ham, bo‘yanmang ham. Bu juda xunuk ko‘rinadi.
?Pardozning ham me’yordagisi yaxshi. Qizlarga haddan ortiq bo‘yanish yarashmaydi. Notabiiy qora qoshlaru qip-qizil lab bo‘yog‘i bilan arzon qo‘g‘irchoqqa aylanasiz.
?Kiyimining qimmatini emas, yarashiqlisini tanlang. Libosingiz vaziyatga mos kelsin.
To‘y–hasham va tadbirlarga yasanib borishdan uyalmang. Agar tanlagan libosingizdan ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bilingki, “Tayyorlanmay, o‘ziga qaramay kelibdi”, degan gapdan ko‘ra, boshqa mehmonlardan yasanibroq turganingiz afzal.
?So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib, chiroyli gapiring. Qo‘pol gaplarni hech qachon ishlatmang. Tilimiz boy. Xunuk so‘zlarning o‘rniga hamisha sinonimini topish mumkin.
Ming‘illab so‘zlashish sizga yarashmaydi. Ovozingizni baland ham qo‘yib yubormang. ?Nutqingiz ravon va so‘z boyligingiz esa ko‘p bo‘lishi uchun doimo mutolaa qiling.
?Atrofingizdagilardan e’tiboringizni qizg‘anmang. Aks holda, sizni quruq oliftaga chiqarishlari turgan gap. Ayniqsa, yoshi ulug‘ kishilarga ikki karra e’tib ko‘rsating. Xushmuomalalik odatiy holga aylansin siz uchun. ?Birovlarni xafa qiladigan gaplardan qoching.
?Agar kimnidir joyiga o‘tkazib qo‘yish kerak bo‘lsa, imkon qadar samimiy gapiring. ?Baqir–chaqirga yo‘l qo‘ymang.
?Notanish insonlarga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ling. ?Odamlar siz bilan gaplashganda o‘zlarini yengil his qilishsin. Bu oson emasmi? Unda o‘z ustingizda ishlang. ?Samimiylikni ham o‘rganish mumkin.
?Minnatdorchilik bildirishni kanda qilmang. Dasturxon atrofida o‘zini tutish, tanishish, jamoat joylarida yurish odobini o‘rganing.
?Birovlarning kamchiligi va odobsizligini muhokama qilish ham odobsizlikka kiradi. ?G‘iybatlardan qoching. Kimdir jahlingizni chiqargan yoki kimdandir xafa bo‘lishingiz mumkin, ammo g‘iybat hech qachon muammoni hal qilmaydi.
?Ijtimoiy tarmoqlardagi postlaringizga ham e’tiborli bo‘ling. ?Kimningdir gapi sizga tegib ketsa ham, ijobiy fikrligingizcha qoling.
?Qadringizni biling. Yaxshi qiz degani o‘z fikriga ega bo‘lmagan, kim qaerga yetaklasa ketaveradigan qiz emas. ?Agar qayisdir masalada hamsuhbatingiz bilan fikringiz to‘g‘ri kelmasa, shunchaki mavzuni o‘zgartiring. Agar sizga yomaydigan savol berishsa, unga javob berishingiz shart emas. Hazilga yo‘ying yoki bu savol bilan barchaga murojaat qiling.
?Kitob o‘qigan qiz hamisha barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Savodsizlik esa uyat sanaladi. Yaxshi romanlar, qissalar va hikoyalar o‘qing.
?Dugona tanlashda adashmang. Do‘stlaringiz sizni pastga tortmasligi kerak.
?Insofli bo‘ling. Transportda yoshi kattalar va bolali ayollarga joy bo‘shating, o‘qish yoki ishxonangizdagi jamoat ishlaridan bosh tortmang.
?O‘z xatti–harakatlaringiz uchun mas’uliyatni bo‘yningizga oling. Barcha kulfatlaringizda boshqalarni ayblamang. ?Nolishni va o‘zingizni oqlash uchun bahonalar qidirishni bas qiling. Unutmang, siz o‘z hayotingizni o‘zingiz qurasiz.
☝?Istagan narsangizga erishish uchun ko‘p mehnat qilishingiz kerakligi doimo yodingizda bo‘lsin


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish