QIZLAR KUNDALIGIDAN – BO'LAJAK TURMUSH O'RTOG'IMNI YOQTIRIB QOLOLMAYAPMAN…

  • Kutil(ma)gan o‘zgarishlar

Hayotda hamma narsa ham qat’iy bir yo‘riqnomaga asoslanganda uning qizig‘i bo‘lmasdi. Shu ma’noda bizning rejalarimiz kutilmaganda boshqacha tus olishi tabiiy hol. Muhimi, har bir vaziyat va tanlov qarshisida turganimiz mahal mas’uliyatni to‘liq zimmamizga ola bilishimizdir. Ayni paytda sizning ichki dunyoingiz va ong ostida o‘zgarishlar yuz berayapti. Balki shu paytgacha barcha talab va takliflarga «Іa», «Xo‘p», «Roziman» deya javob qaytargandirsiz. Endi esa ikkilanish paydo bo‘layapti. Bu yaxshi, albatta. Chunki ota-onangizga qanchalik ishonmang va ular sizni qanchalik ishontirishmasin, oila qurish, o‘zaro munosabatlar borasida mustaqil fikringiz shakllanayapti. Savol tug‘iladi: ota-onaning tanloviga qarshi chiqish kerakmi? Yo‘q. Ularning fikrini hurmat qilish va o‘rganish lozim. Qat’iy yo‘q deyish yoki taqdirga ko‘nib «Xo‘p bo‘ladi» dasturi bilan ish ko‘rish ham yaramaydi. Axir, gap sizning taqdiringiz ustida ketayapti.

  • Yigit ota-onaga ma’qul bo‘lsa…

Bizning zamonamizda ota-ona o‘zi tanlagan yigitga qizining oyoq-qo‘llarini bog‘lab uzatib yuborishi… Bunga nafaqat ishonish qiyin, balki yuz berishi mumkin bo‘lmagan holat hamdir. Yo‘q, deyishga shoshmang. Bosim ostida, majburlov, qat’iy shartlar asosida ko‘ngilsiz turmush qurishlar ham uchrab turadi. Ammo bu o‘rinda ham gap yoshlarning mas’uliyatdan qochishi, o‘z meniga ega egamasligidadir. Xo‘sh, siz taqdiringizni bog‘lashingiz mumkin bo‘lgan inson (ota-onangiz tanlagani emas, umuman yigitlar)ga o‘z talablaringiz bormi? Qanday yigit bilan oila qurishni istaysiz? Birinchi o‘rinda siz uchun nima muhim? Munosabatlarni qanday tasavvur qilasiz? Bu savollarga oydinlik kiriting. Rozilik berilgan yigit esa ota-onangizning talablariga javob bergan. Atrofingizda girdikapalak bo‘lishi, quchoq-quchoq gullar, orzudagi uchrashuvlar, oliftanoma ko‘rinish — bular qaysidir ma’noda rol’ o‘ynashi mumkin,ammo o‘ta hayotiy zarurat emas.

  • U nega e’tiborsiz?

Uchrashuvga chiqqanda orzu-xayollar chilparchin bo‘lgach, kayfiyatingiz tushib ketishi tabiiy. Natijada yigit bilan yaqindan tanisha olmaysiz. Aslida, qizlarga yigit haqida ma’lum bir xulosaga kelish uchun uch uchrashuv kifoya, deydi mutaxassislar. Keling, chegaralamaymiz. Yaxshisi, unashtiruv arafasida turgan yigitning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. U bilan uchrashuvga chiqqanda siz ham to‘nni teskarib kiyib, o‘z qobig‘ingizga o‘ralib olmasligingiz kerak. Avval neytral mavzuda gap boshlang. Darrov chuqurlashmang. Bolalik, qiziqishlar, o‘ziga xos prinsiplari, sekin-asta, maqsadlar, tuyg‘ular, oilaviy hayotga munosabatini bilib olish mumkin. Muhimi, u sizga qalbini ochadi. Siz unga. Shunda oila qurish masalasiga ikkingizda ham xayrixohlik kuchayadi.

Unutmang, biror qaror qabul qilayotganda faqat hissiyot yoki aqlning o‘ziga suyanish noto‘g‘ri. Ikkisining uyg‘unligida bir xulosaga kelinsa, oxiri baxayrbo‘ladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish