Qiz farzandli otalar uchun 7 maslahat

Ruhshunos.uz, [18.09.18 01:20]

  1. Mehringizdan zarracha shubhalanmasin.
    Bilasizmi, qizlar otasining mehri tufayli himoyalanganlik va o‘ziga ishonch tuyg‘ulari his qilishadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda ham uni yaxshi ko‘rishingizga zarracha shubhalanmasligi lozim. Jahlingiz chiqqanda, qo‘pol muomala qilishdan ehtiyot bo‘ling.
  2. Bo‘lajak umr yo‘ldoshining andozasini sizdan oladi.
    Bolaligidan dunyodagi eng yaxshi erkakni sizning qiyofangizda ko‘radi. Bunga ayolingiz bilan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganingiz sabab. Galdagi vazifangiz, shu muhitni saqlab qolish. Lozim bo‘lsa, yanada rivojlantirishdan iborat. Buning uchun onasini ardoqlashingizni farzandingizdan yashirmang.
  3. Bayramlarni birga nishonlang!
    Qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirgan qizingiz hademay xonadoningizdan uchirma bo‘ladi. Uning xotiralari shirin bo‘lishini ta’minlang. Bayramlarni, muhim sanalarni unutmang. Arzimagan sabablar bilan ham shodiyona uyushtirishga odatlaning.
  4. E’tiboringizni ayamang!
    Qizaloqlaringiz bilan qiziqarli o‘yinlar o‘ynang, u bilan birga zavqlaning. O‘rni kelganda, olqishu qarsaklaringizni ayamang.
  5. U tinglayotgan qo‘shiqni eshitib ko‘ring.
    O‘smirlik davrida har bir qizda zamonaviy musiqaga qiziqish paydo bo‘ladi. Ba’zida bu qo‘shiqlar quloqlaringizni qomatga keltirib yuborishi ham ehtimoldan yiroq emas. Ammo siz shu musiqaning aynan qaysi jihatlari unga yoqishini so‘rab ko‘ring. Nima uchun deysizmi, ikkingiz suhbatlashishingiz uchun mavzu bo‘ladi-da. Yodingizda bo‘lsin, bu qiziqish o‘tib ketadi, ammo ko‘ngildagi xiralik butun umrga saqlanib qolishi mumkin.
  6. Qo‘lidan tutib sport to‘garagiga olib boring.
    Qizalog‘ingiz irodali va sog‘lom bo‘lishi uchun uni, albatta, sportga oshno qiling. Yengil atletika, badiiy gimnasitika, raqs… Tanlash imkoniyatini ixtiyoriga qo‘yib bering.
  7. Samimiy bo‘ling.
    Barcha otalar qizlari uchun qo‘llaridan kelgan sharoitni yaratib berishadi. Ammo, baribir, orada qandaydir devor bordek tuyulaveradi. Sizda bunday bo‘lishini istamasangiz, samimiylikni yo‘qotmang. Ba’zida bergan va’dangizni bajarishga imkon topa olmaysiz, gohida adolatsizlik qilishingiz mumkin. Mana shunday paytlarda adashganingizni tan olishdan uyalmang. Ishoning, bu orangizdagi muzliklarni eritishga ko‘maklashadi.

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish