Agar stakanli muzqaymoqni xush ko’rsangiz, siz aqlli, mulohazali va juda vazminsiz! Bu toifa qizlar romantik yigitlarni unchalik xushlashmaydi. Ularga qo’li ochiq, hazilkash va rashkchi yigitlarni yoqtirishadi.
Vaflili muzqaymoqlarni yoqtiruvchilar ajoyib uy bekalaridir. Ular oshxonada juda mahoratli, ona va ayol sifatida tahsinga loyiq. Faqat sport bilan shug’ullanishga xohishlari yo’q.
Eskimo turdagi muzqaymoqlarni tanlaovchilar his-tuyg’uga boydirlar. Ular romantik, orzularga beriluvchan bo’lishida. Suygan yorlaridan ham doim «syurpriz»lar kutishadi. Omadli, chiroyli va tadbirkorliklari bilan hammaning e’tiborini o’zlariga jalb etishadi.
Mevali muzqaymoqlarni esa rejalari aniq va o’ziga ishonganlar sevib eyishadi. Ular ikkinchi yarimlarini tanlayotganda juda ehtiyotkor va talabchan bo’lishadi. Bu toifadagi qizlar yigitlari uchun doim qiziqarli va suyukli bo’lishadi.
Shokoladli muzqaymoqlarga ixtiyor berganlar dunyodagi jamiki yaxshi narsalardan bahramand bo’lishni istashadi. Sayyohat qilishni, restoranlarga borishni, kiyim-kechak sotib olishni yoqtirishadi. Yorlari esa ular bilan doim hamohang bo’lishlari lozim.
Mevadan tayyorlangan muzli muzqaymoqlar g’ururi baland xonimlarning tanlovi. Kare’ra qilish maqsadlari, turmush bu yo’lda ularga xalaqit bermasligi lozim. Shuning uchun juftlari ham o’zlariga maslakdosh bo’lishi kerak.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.