1. Xotirasi sustroq, muhabbatda baxti doim kulib boqavermaydi. Agar sevgilisi mahkam turmasa munosabatlari buzilib ketishi mumkin.
2. Ko`ngliga yaqin odam bilan jisman emas, ruhan yaqinlashishga moyil, sevgiga aql bilan yondashadi.
3. Shiddatkor, ko’ngil xushlik jonu dili. Ozini boshqalardan xatto sevgilisidan ham bir pog’ona ustun qo`yadi.
4. Munosabat o’rnatishda qiynaladi, tushkunlikka beriluvchan, qo’llab quvvatlanishga muhtoj va rashkchi.
5. Boylikka och va kibrli, ulardan bevafolik chiqsa ajablanmang.
6. Romantik, ishonchi komil kishi va narsalarga o’ta sadoqatli.
7. O’zgaruvchan, yonidagi odamga qanoat qilmay yaxshirogini oxtarib yuradi, lekin juda omadli va quvnoq.
8. Romantik va sadoqatli. Ko’pincha aldanib qoladi. Uning sevgisi 1 marta va 1 umrlik bo’lishi mumkin.
9. Xato qilishga ehtiyotkor. Kam hollarda chinakam sevib qoladi va 1 umr shu sevgisi bilan yashay oladi.
10. Kelishuvchan va kirishimli. Qobiliyatli bo’lib xarakteri o’zining kopiyasi bo’lgan juftni maqul ko`radi.
11. Mustaqillikni yaxshi ko’radi, ko’ngli ochiq va sadoqatli. Xiyonat va mag’lubiyatni ko’tara olmaydi.
12.☺️Yumshoq fe’lli, sevsa bolalarcha mehr bilan sevadi.
13.Ichki dunyosiga kirish mushkul. U bilan birga yashash sabr-toqatni talab qiladi.
14. Sovuq muomalasi sabab uni sevish mumkin emasday tuyiladi, ammo uning qandaydir ohanrabosi bor.
15. Xayolparast, tez yonib o’chadi. Agar uni tushunishga urinsangiz, munosabatlaringiz mustahkam bo`ladi.
16. Bir xillikni yoqtirmaydi. Ko’ngli bo’sh, Sevsa qattiq bog’lanib qoladi.
17. Kayfiyatiga qarab fe`li o`zgarib turadi, unga pand bersangiz aloqani butkul uzib ketishi mumkin.
18. Uyatchan va tortinchoq. Munosabatlarda jiddiy vaziyatlarga xushi yo’q.
19. Chortkesar, hukmron shaxs. Xatto, sevgi ham uning manfaatiga xizmat qilishini istaydi.
20.Ruhiyat dunyosida yashaydi, sevgilisini ham shunga chorlaydi.
21. U ham ruhiyatga moyil, kichkina vaziyatga ham butun diqqatini qarata oladigan darajada ta’sirchan.
22. Rashkchi, arazchi, e’tiborga muhtoj. Xissiyoti kuchli emas, ammo sevsa vafodor bo`ladi.
23. Sevgilisini oziga boysundirishni yoqtiradi. Agar shunday juft uchrasa, turmushi yaxshi otadi.
24.O`zini zaif hisoblaydi. Orzular dunyosida yashaydi, sevgisi ham shunga yarasha. Yangiliklarni yaxshi ko`radi.
25. U realist. Xatto sevgi ham odamni moddiy tomondan taminlaydimi yoqmi, tahlil qiladi.
26. Juda ziyrak, ko’ngilchan, qat’iyatli, ruhiy yaqinlikka muhtoj, sevgilisi uchun qurbonlikka tayyor.
27. O’zgaruvchan, kelishuvchan, aqlli, kuchli xarakterga ega. Sevgilisini ham o’z toifasidan izlaydi.
28.Sadoqatli, ruhiy yaqinlikka moyil, yumshoq fe`lli. U bilan turmush qurilsa, baxtli yashash mumkin.
29. O’zgaruvchan, maqtanchoq. Bunday sevgilingizni boshqarish mushkul emas.
30. Hukmron, maqsadiga intiluvchan. Unga yumshoq tabiatli va bo’ysunuvchan juft kerak
31. Sadoqatli, ko’ngli toza. Shu bilan birga jahli tez va injiq. Kongliga yo`l topgan kishini baxtli qila oladi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.