Qaysi faslni yoqtirasiz?

1.BAHORBahor oshuftalari juda quvnoq va hayotga chanqoq insonlardir. Xushchaqchaqligi va hazilkashligi sabab do’stlarining hamisha ardog’ida yuradilar.

Hayotiy shiorlari: buncha go’zal bu olam, bir qara! Jamoaning joni bo’lish bilan birga, turli hiyla-nayranglarni uyushtirishga ham usta. Bir joyda o’tirishlari qiyin, sayohat jonu dili. Tez oshiq bo’lib qoladilar, ammo ayriliqlarni hech qanday g’azabu nafratsiz, yengil o’tkazadilar. Ularni sodiq do’st sifatida qabul qilmaslik kerak, chunki munosabatlari vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgarib turadi. Istalgan daqiqada umuman ko’zdan g’oyib bo’lib, sizni unutib yuborishlari mumkin. Birovga bog’lanib qolish ular uchun qadriyat emas. Vujudida bir vaqtning o’zida ehtiros, xudbinlik, romantika, talabchanlik va beg’amlik jo’sh urgan bu insonlar va’da berishga, ayniqsa, uni bajarmaslikka usta. Lekin ular bilan zerikmaysiz.

☀️ 2.YoZ – Bu faslni yaxshi ko’radiganlar yetakchilik, ilg’orlik sifatlariga ega. O’zlari yonib, atrofdagilarni ham yondirib yurishadi. Ular bilan muloqot juda qiziqarli kechadi. Hech qachon tushkunlikka tushmaydilar va hamisha nekbin kayfiyatda yuradilar. Bunday kimsalar har doim yangidan-yangi g’oyalar o’ylab topib, amalga oshiradi. Yoz fasli ishtiyoqmandlarining ishdagi o’sishi ham tez sura’tda bo’lib, yuqori martabalarga erishadilar, yaxshi rahbarlik sifatlari bilan ajralib turishadi.

Hayotiy shiorlari: qat’iyat va mehnat. Ayni paytda yetarli darajada murosasoz bo’lib, zarur o’rinda yon berishni ham bilishadi. Ularning shaxsiy hayotlari ham havas qilsa arzigulik. Chunki aqlni yo’qotar darajada sevish va juftlariga bir umr sodiq qolishni biladilar. Atrofdagilarning kamchiliklariga nisbatan anchayin sabrli va o’zlariga nisbatan talabchan bo’lgan bunday insonlardan yaxshi do’st chiqadi. Chunki do’stlarini shodlikda ham, g’amda ham yolg’iz qoldirmaydilar.

Birgina kamchiliklari bor: haddan ortiq arazchi bo’lganlari holda kechirimli emas.

☔️ 3.KUZ – Kuzni sevadiganlar tinchlik, yolg’izlik va osoyishtalikni xush ko’radi. Ko’pchilikni sevmaganlari holda odamlar orasida o’zlarini noqulay his etmaydilar ham. Shunchaki jamoaning ular uchun ahamiyati yo’q.

Hayotiy shiori: meni tinch qo’ying!

Kayfiyatlari juda beqaror: bir qarasangiz, xandon otib yuradi, bir qarasangiz, hech qanday sababsiz xo’mrayib oladi. Xuddi kuz havosiga o’xshab. Begonalarning nekbinligiyu zafarlari ko’pincha g’ashlariga tegadi. Biroq kuzni yaxshi ko’radigan odamlar juda iste’dodli bo’lishadi. Tasviriy san’at, she’riyat va nasrda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Fikrlashlari ham boshqalardan farq qiladi.

Muhabbatda juda vafodor: faqat bir insonni sevib o’tadilar. Bir bora va butun umrga! Agar muhabbatiga etisha olmasa o’lguncha azoblanadi va bu azob ularga ilhom manbai bo’lib qoladi. Ular tabiat va jonzotlar bilan muloqot chog’idagina o’zlarini topadilar. Biroq muhabbatiga javob berib, sevib ardoqlaydigan insonni uchratsalar, haqiqiy oilaparvarga aylanadi.

❄️ 4.QISh Bu faslni sevadiganlar, odatda, o’ziga ishongan va mustaqil insonlardir.

Hayotiy shiorlari: faqat o’zingga ishon! Katta davralarni xush ko’rishmaydi. Do’stu tanishlari juda oz. Ammo shu ozgina odamlarga qattiq ishonishadi. Ishonmasa, ularni yaqin yo’latmagan bo’lishardi. Juda qat’iyatli bu kimsalar oz rejalarini birovga oshkor qilmay, yolg’iz amalga oshirish yoki hayot oqimini maqsadlariga bo’ysundirishni biladilar. Qishni yaxshi ko’radigan insonlar kamgap bo’lishadi. So’rasangiz, javob beradilar, ammo o’zlari hech qachon birinchi bo’lib gap qotmaydilar. Pul ishlab topishni bilishadi, qulaylik va farovonlikni qadrlashadi. O’zlariga qadrli insonlar uchun ko’p narsadan voz kechishlari mumkin.

Kamchiliklari: xasislik va pismiqlik. Shuningdek, bunday insonlar kechirishni bilmaydi.

❗Psixologik Test 100% To’g’ri chiqmasligi mumkin chunki Alloh hammani birdek yaratmagan!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish