QAYNONA BILAN TIL TOPISHISH MUMKINMI?

QAYNONA BILAN TIL TOPISHISH MUMKINMI?

Har qanday kelin yangi uy ostonasidan qadam qo’yar ekan, o’zini yaxshi tomondan ko’rsatishga, o’zidagi bor-yo’q fazilatlarni yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Qaynona bilan til topishishda quyidagi maslahatlarimizga amal qilsangiz, ishlaringiz «besh» bo’ladi.

Me’yorni biling!

Qaynonangizga, Yangi oilangizning boshqa vakillariga yoqish uchun o’zingizni o’qqa, cho’qqa urmang. Buning uchun fe’lingizni o’zgartirib ko’rsatishgacha bormang. Hayotda qanday bo’lsangiz, bu uyda ham odatlaringizga xiyonat qilmang. Ammo «men shunaqaman» deb boshqalarni nazar-pisand qilmaslik ham yaramaydi.

Kamchiliklar uchun o’zingizni aybdor his qilmang! Xato qilishdan qo’rqmang!

Shu paytgacha siz umuman boshqacha muhitda, mutlaqo begona tartibda yashagansiz. Yangi xonadonning to’laqonli a’zosi bo’lishingiz uchun yana shuncha yashashingiz kerak. Shunday ekan, qaynonangiz ovqat tayyorlash, dazmol qilish, hatto hovli supurish kabi yumushlaringizdan ayb topadigan bo’lsa, buning uchun qattiq iztirob chekib yurmang. Shunchaki bu uyda tartib, taomillar boshqacharoq. Bilmagan yumushlaringiz uchun ham aslo xijolat bo’lmang. Shunda qaynonangizdan u yoki bu narsa haqida so’rashingiz osonlashadi.

Tavakkal qilmang!

Aytaylik, siz kelin bo’lib tushgan xonadonda xush ko’riladigan biror taomni pishirishni umuman bilmaysiz. O’z holingizcha undan-bundan so’rab, retseptlar asosida tayyorladingiz. O’xshasa-ku xo’p-xo’p, aytganday chiqmasa, ming qo’rquv ichida qilgan ovqatingizdan o’zingizning ham ko’nglingiz to’lmay qoladi. Yaxshi chiqdi deganingizda ham «onamnikiday bo’lmabdi», degan gapni eshitgandan ko’ra qanday qilinishini bir og’iz so’rasangiz, qaynonangiz ham ichida «kelinim bilmaganini so’rashdan og’rinmaydi» degan xulosaga kelib, jon deb tajriba almashadi.

Vaqtingizni, kuchingizni behuda sarflamang!

Uydagi yumushlar bo’ladimi, biror joyga mehmondorchilikka borasizmi, hamma ishni mukammal reja asosida olib boring. Iloji bo’lsa, bir haftalik ishlar rejasini tuzib, ko’rinadigan joyga osib qo’ying. Hammasini bir kunda uddalayman, degan xomxayoldan voz keching. Bir yumushni qayta-qayta qilmaslik uchun ishga unnashdan oldin eng oson yo’li haqida o’ylab ko’ring.

Hurmatga sazovor bo’lish uchun «men»ingizni saqlang!

Sizga bo’lgan munosabatlarda yuqoridan gapiriladigan, inkorsiz qabul qilishingiz kerakday bo’ladigan vaziyatlar tug’iladi. Yo’lini qilib, ko’nglini og’ritmasdan u yoki bu narsa sizga ma’qul emasligini bildira oling. Indamay ichga yutib yuraversangiz, keyingi safar undan ham og’irroq holat yuzaga kelsa, dilingiz xufton bo’ladi. Izo htalab qilmaydigan maslahatimiz: yuzingizdan tabassum arimasin!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish