Umuman olganda inson ichidagi biror qobiliyat inson ehtiyojini qondirishi uchun o‘zini sinab ko‘rishni tavsiya qilganida istak paydo bo‘ladi.
Sizning bu qobiliyatingiz ya’ni ilmingiz, hunaringiz, rasm chiza olishingiz, ashula ayta olishingiz o‘zida kuch topsa, qobiliyatni ishlatishga ehtiyoj ya’ni maqsad paydo bo‘ladi.
Maqsad paydo bo‘lganida unga yetaklovchi kuchning oti iroda deyiladi.
Eski jiguliga yangi chiqqan mashinalarning motorini, ballonini, umuman olganda ekskovatorning o‘yadigan jihozini o‘rnatsak nima bo‘ladi. Albatta eski mashina bu yangiliklarni ko‘tara olmasligini tushundingiz. Demak, inson eski jigulilikdan yangi Malibu rusumiga o‘tishi uchun yangiliklarni sekin-asta bajarishi kerak ekan. Avvalo ichki yuragi motori o‘zgarishi lozim. Sizning ichingizda yuragingiz otnikidek qo‘rqmas bo‘lishi havasning maqsadga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Hamma yangi Malibu, Lasettiyu, Kaptiva bo‘pketsa, kim eski jiguli bo‘ladi dersiz. Hayot o‘zgarmoqda, yaqin kelajakda hammaning yuragi qo‘rqmas, miyasi ilmli va harakati kuchli bo‘lish ehtimoli bor dersiz?
O‘sha paytda lasetti, malibu xuddi avvalgi jigulidek bo‘lib qolishi mumkinligini unutmang.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.