Biz hammamiz deyarli bir xilmiz, o‘zimizni noyob inson deb hisoblaymiz.
Rostdan ham inson shaxsiyati takrorlanmas, lekin psixologiyada har bir inson uchun kerakli va foydali bo‘lgan yangi qoidalar paydo bo‘laveradi. Quyida odamlar bilan munosabatni yengillashtiradigan qoidalar bilan tanishishingiz mumkin. Odamlarga yoqish-yoqmasligingizni bilish uchun biror so‘zni tanlang. Suhbatdoshingiz gapirayotib shu so‘zni yoki sinonimini ishlatganida bosh qimirlatib ma’qullab, jilmayib turing. Agar siz unga yoqsangiz, u bu so‘zni tez-tez qo‘llayotganiga guvoh bo‘lasiz.
- Agar sizni jiddiy qabul qilishlarini xohlasangiz, otangiz shuni xohlashini ta’kidlang. Odamlar ota-onalarning maslahatiga so‘zsiz quloq solishga moyil bo‘lishadi.
- “Tosh, qaychi, qog‘oz” o‘yinida har doim g‘alaba qozonishni istasangiz, o‘yin boshlanishi oldidan raqibingizga xohlagan savolingizni bering. Ko‘p hollarda sarosimaga tushgan o‘yinchilar “qaychi”ni tanlab qo‘yishadi.
- Agar suhbatdoshingiz sizni tasdiqlashini istasangiz, savol bergandan so‘ng bosh qimirlatishni unutmang. Ma’qullab bosh silkitishingiz aytayotganlaringiz hammasi haqiqatligiga uni ishontiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy kuzatuvlarga ko‘ra, odamlar bosh silkitib javob qaytarishga moyil.
- Ertalabki soat 8 da metroda odamlar bo‘lmasligini orzu qilganmisiz? Siz odamlar oqimiga emas, o‘zingiz ketadigan yo‘nalishga qarang. Oldingizdagi olomon ikkiga ajralib sizga yo‘l berganiga hayron bo‘lasiz. Buning siri oddiy: olomon liq to‘la joyda atrofdagilar piyodaning ko‘ziga qarab yo‘nalishni aniqlashga va turtinib ketmaslikka harakat qiladi.
- Agar xayolingizda bir qo‘shiq satrlari tinmay aylanib qolgan bo‘lsa va siz undan qutulmoqchi bo‘lsangiz, qo‘shiq oxirini eslang. Bizning ongimiz tugallanmagan narsalarni tez eslab qoladi, shuning uchun qo‘shiq oxirini eslasangiz, u o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
- Farzandlaringiz apel’sin yeyishini istaysizmi? Ulardan yeysanmi-yo‘qmi deb emas, nechta yeysan: 5 tami, 3 tami, deb so‘rang. Shunday usul bilan siz ular uchun apel’sinni tanlab bo‘ldingiz, bola esa qarorni o‘zi chiqargan, deb his qiladi. Bu usulni boshqa vaziyatlarda ham qo‘llasangiz bo‘ladi.
- Agar sizni kimdir zimdan kuzatayotganini sezsangiz, esnagancha, atrofingizdagilarga bildirmay ko‘z tashlang. Agar kimga esnoq yuqsa, aniq bilingki, u sizni kuzatyapti.
- Tanishingiz sizga qo‘lingizdagi yukni ko‘tarishi mumkin, qachonki, unga narsani uzata turib, suhbatlashishni davom ettirsangiz. Ko‘pchilik bu hiylani anglamaydi va qo‘lingizdagi narsani oladi.
- Agar qo‘l uzatib ko‘rishishga to‘g‘ri kelsa, qo‘lingiz iliq ekaniga ishoning. Issiq qo‘llar odamlarda do‘stona va yoqimli, sovuq qo‘llar esa yoqtirmaslik va bexosdan seskanish kabi hislarni uyg‘otadi.
- Suhbatdoshingiz aytganini bir oz o‘zgartirib, takrorlang. U o‘zini eshitishayotganini va tushunishayotganini anglaydi. Lekin chegaradan chiqib ketmang.
- Agar sizga yordam berishlarini istasangiz, gapingizni “Sizning yordamingiz kerak”, degan so‘zlar bilan boshlang. Ko‘pchilik o‘zini aybdor his qilishni xush ko‘rmaydi, shuning uchun sizni rad eta olishmaydi.
- Agar kimdir sizni yoqtirmayotgan bo‘lsa, undan qalam so‘rab ko‘ring. Bir tomondan odam o‘zi yoqtirmaydigan insoniga yordam berishni xohlamaydi, ikkinchi tomondan esa, bu juda arzimas iltimos, uni rad etib bo‘lmaydi. Bu usul bilan qarshingizdagi inson sizdan u darajada nafratlanmasligiga o‘zingizni ishontirasiz.
Maslahatlarimiz yoqdimi? Ularni hayotingizda qo‘llab, sinab ko‘ring.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.