Bizga azob bergan insonlar, xuddi biz kabi azoblangan insonlardir.
O‘tmish o‘tib ketdi. Bu – fakt, va endi xech narsa qilib bo‘lmaydi. Faqat o‘tmish haqidagi o‘ylarimizni o‘zgartira olamiz. Axir o‘shanda sizni xafa qilgan insonni deb, shu kungacha o‘zingizni jazolashingiz to‘g‘rimi?
- Kasal bo‘lib qolganingizda, yuragingizdan kechirishilishi kerak bo‘lgan insonni qidiring.
- O‘zimiz haqimizdagi fikrimiz biz uchun xaqiqatga aylanadi. Chunki har bir o‘yimiz kelajagimizni yaratadi.
- ✔️ O‘zingizni ma’qullab, borligingizcha qabul qilishingiz hayotingizdagi ijobiy o‘zgarishlar kalitidir.
- ❤️O‘zni sevish – borlig‘ingizni va borligingizni har kuni bayram qilib, Yaratganga hayot tuhfa qilgani uchun minnatdorchilik bildirishdir.
- Nimaiki bersangiz, qaytib olasiz.
- Kimnidir o‘zgartirish uchun avval o‘zingiz o‘zgaring. Fikrlaringiz yo‘nalishini o‘zgartiring.
- Hayotimizda osonlikcha erishganlarimiz – dars emas. Bu biz bilgan narsalardir.
- Tanamiz doim biz bilan gaplashadi. Uni eshitishga vaqt topganimizda edi, tanamizning har bir hujayrasi har bir so‘zimiz va har bir fikrimizdan ta’sirlanardi.
- Sizni baxtsiz qiladigan xayollardan qoching. O‘zingizga yoqqan ishni qiling, ko‘rishganda ko‘nglingiz yorishadigan insonlar bilan uchrashing.
- Ajoyib narsalarga ega bo‘lishni istasangiz, birinchi navbatda ularga erisha olishingizga ishoning.
- ❤️Sevgi kutilmaganda keladi. O‘zingizga mos insonni jon jahdingiz bilan qidirish esa ruhiy azoblarga duchor etadi.
- Farzandlarimizga bera oladigan eng yaxshi narsamiz — ularni o‘zlarini sevishga o‘rgatishimiz.
- Aybdorlik hissi keraksiz his. U hech qachon hech kimga yordam bermaydi, vaziyatni o‘zgartirish kuchiga ham ega emas. Shunday ekan, o‘zingizni bu hisdan ozod qiling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.