?Aqlli ayol erining xatolarini payqashi bilan hadeb yuziga solaveradi. «Sizga aytgan edim-a!» deb javrayveradi.
Oqila ayol esa erini qo‘llab-quvvatlaydi, unga tasalli beradi, ba’zida bu xatolarni ko‘rmaganlikka oladi.
?Aqlli ayol og‘ir vaziyatlarda jilovni o‘z qo‘liga oladi va eriga to‘g‘ri yashashni o‘rgatadi.
Oqila ayol eriga qanday yo‘l tutishni mohirlik bilan ko‘rsatadi va maqsadiga erishish yo‘lini o‘rgatadi.
?Aqlli ayol bolalarini o‘qishga majbur etadi.
Oqila ayol farzandlarining har birini shaxs sifatida ko‘radi.
?Aqlli ayol ishxonasida hammadan ko‘proq ko‘zga tashlanib turishga va xato qilmaslikka intiladi. Shuninguchun ham hamkasblari unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishadi.
Oqila ayol hamkasblari orasida o‘zaro mehr-muhabbat iqlimini yaratadi.
?Aqlli ayol oilali farzandlarining hayotiga ham aralashaveradi, ularga zarur-nozarur maslahatlar beradi, bolalarini qanday tarbiyalash kerakligini uqtiradi.
Oqila ayol farzandlari o‘zi hayotiy tajriba orttirishlarini istaydi, ularni og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlaydi.
?Aqlli ayol qaynonasining fikrlariga qarshi o‘z fikrlarini keltiradi, ota-onasi maslahat berganda mustaqil inson ekanini isbotlash uchun ular bilan tortishadi.
Oqila ayol jimgina eshitadi, ularning fikriga qo‘shiladi. Ammo o‘z bilganidan qolmaydi.
?Aqlli ayol dunyoni o‘zgartirishni, odamlarni qayta tarbiyalashni istaydi.
Oqila ayol o‘zgarishni o‘zidan boshlaydi. Odamlarni boricha qabul qiladi.
?Aqlli ayol kim haq bo‘lsa, o‘sha baxtli, deb o‘ylaydi.
Oqila ayol baxtli odam hak ekanini biladi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.