Omadli insonlar qiyin vaziyatlarda xotirjamlikni saqlab qolish sirlari

Stressni yengish uchun o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni o‘rganish kerak. Omadli insonlarning sakkiz maslahati bunda yordam beradi.

Trevis Bredberi
TalentSmart kompaniyasi asoschisi.

Biz vazifaga bor e’tiborni qaratish va uni bajarishni boshlash uchun ma’lum bir holatdagi stressni boshdan o‘tkazishimiz kerak. Biroq u kuchli va uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, biz yurak-qon tomir kasalligi, depressiya va kognitiv funksiyalarning buzilishini “ishlab olishimiz” mumkin.

TalentSmart kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, ish jarayonida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 90 foiz xodimlar bosimni yengish va o‘z his-tuyg‘ularini nazoratda ushlab turish sir-asrorlarini bilishadi. His-tuyg‘ularni boshqarishdagi sakkiz qoida bu kishilarga stressni yengishda ko‘mak beradi.

  • Nima bo‘lsa, shuning qadriga yetish

Agarda siz ishdan e’tiborni qochirib, hayotda nimani qadrlashingiz haqida ro‘yxat tuzib chiqsangiz, o‘zingizni ancha yengil his qila boshlaysiz. Minnatdorlik tuyg‘usi kortizol darajasini 23 foizga tushiradi. Bundan tashqari, Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra, har kuni minnatdorlik tuyg‘usini tuyadigan kishilarning kayfiyati ko‘tarilib, jismoniy holati yaxshilanadi.

  • “Agarda, mabodo…” so‘zlarini kamroq ishlatish

Siz voqealarning ehtimoliy rivojiga qanchalik ko‘p e’tibor bersangiz, real harakatlarga shuncha kam vaqt ajratasiz. Omadli kishilar “Agarda, mabodo…” so‘zlarini kam ishlatadi. Ular javob xotirjamlik ham, mamnunlik tuyg‘usini ham keltirib chiqarmasliklarini biladi.

  • Ijobiy kayfiyatda qolish

Ijobiy fikrlar stressdan qochish imkonini beradi. Tinchlanib, yaxshi nimalardir haqida o‘ylash kerak. Bu sizda yaxshi kayfiyat bo‘lsa, oson vazifadir. Biroq siz darg‘azab bo‘lganingizda, ijobiy nimanidir topish juda mushkul bo‘lib tuyulishi mumkin. Bunday holatda yaxshilab o‘ylab ko‘ring va kun davomida ro‘y bergan hech bo‘lmasa bitta ijobiy vaziyatni eslashga urining. Shuni yaxshi tushunish kerakki, yomon kun davomida ham yaxshi nimalardir sodir bo‘lishi mumkin.

  • Oflayn bo‘lish

Zamonaviy texnologiyalar kishilarni sutkasiga 24 soat davomida aloqada qolish imkoni bilan ta’minlab berdi. Bu esa kechayu-kunduzlik ish uchun imkon beradi. Agarda siz hayot va ish o‘rtasini ajratib qo‘ymagan bo‘lsangiz, o‘zingizni-o‘zingiz doimiy stressga tushirasiz. Ish haqida o‘ylashni bas qilish uchun oflaynga chiqib ketish haqida o‘ylang. Kichik vaqtlardan boshlang.

Siz ishdan biroz o‘zingizni olib qochsangiz, stress darajasi naqadar pasayishini ko‘rasiz.

  • Qahvani kamroq iste’mol qilish

Kofein ko‘p iste’mol qilinsa, yurak urishi tezlashadi, bezovtalik tuyg‘usi, energiya darajasi oshadi. Bu tahdidga tezda javob qaytarishga imkon beruvchi omon qolish mexanizmidir. Agarda ortingizdan it quvlamasa, organizmga bunchalik kuch berish kerak emas, sababi u stress darajasi va bezovtalik tuyg‘usini oshiradi.

  • To‘yib uxlash

Siz uxlaganingizda miyangiz qayta ishga tushadi va o‘tgan kun davomidagi xotiralarni qayta ishlaydi. Yakunda yaxshi kayfiyatda uyg‘onasiz. Uyqu yetishmovchiligi kortizol darajasini oshiradi. Bunga ishdagi stressni qo‘shing va ruhiy toliqishni qabul qilib olasiz. Yaxshi ishlashni istasangiz – yaxshi uxlang.

  • O‘zi haqida kamroq salbiy fikrda bo‘lish

Deyarli barcha inson buni o‘z boshidan o‘tkazgan, garchi bu hech qanday yaxshi natija keltirmasa va umumiy ob’ektiv tahlil bilan uyg‘unlashuvni bermasa ham. Salbiy narsalar haqida qanchalik ko‘p o‘ylasangiz, unga shuncha ko‘p quvvat bergan bo‘lasiz.

Bu jarayondan qutulishning eng yaxshi usuli – boshqa nimagadir o‘z diqqatini jalb etish.

  • Qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rash

Barchasini bir o‘zi qilish umuman samarasizdir.

Tinch va samarali ishlash uchun o‘z kamchiliklaringizni tan olishingiz va o‘zingizga kerakli paytda yordam so‘rashingiz kerak.

Bunday yondashuv nafaqat vazifalarni samarali va tez bajarish, balki ishingizni yengillashtirishda ham ko‘mak beradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish