☝️Mol-dunyoyimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo’qoldi.
☝️Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.
☝️Dorilar ko’paydi, kasalliklar ozaymadi.
☝️Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg’onamiz.
☝️Kam kitob o’qiymiz, ko’p televizor ko’ramiz.
☝️Ko’p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.
☝️Pul topishni o’rgandik, sarflashni eplolmadik.
☝️Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo’shnimiz bilan ko’rishishga ikki qadam bosolmaymiz.
☝️Fazoda nimalar bo’layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo’q.
☝️Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
☝️Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko’rinmaydi.
☝️SHoshilishni o’rgandik, sabrni yoddan chiqardik.
☝️Tanishlarimiz ko’p, haqiqiy do’stlarimiz kam.
☝️YUtuqlarimiz ko’p, negadir quvonchimiz oz!Allohim bizni dinini mahkam ushlagan solihu-siddiqlaringdan qil! Omin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.