Olimlarning ta’kidlashicha, odam ma’yus qo‘shiqlarni tinglash natijasida g‘amginlikni his qiladi. Bu esa ularga qo‘shiq tinglash orqali rohatlanish imkonini beradi.
Tajriba o‘tkazildi
Britaniya va finlyandiyalik tadqiqotchilar ma’yus qo‘shiqlarni tinglashga bo‘lgan ishtiyoqning hamdardlik tuyg‘usi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot natijasi “Frontiers in Psychology” nomli ilmiy jurnalda chop etildi.
Tadqiqot davomida mutaxassislar ishtirokchilarga notanish bo‘lgan ma’yus qo‘shiq eshittirishdi. Musiqa tinglash vaqtida yurak ritmi va terining sezuvchanligini ham tekshirib borildi. Ularning musiqiy didi ham inobatga olindi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar tinglangan qo‘shiq vaqtida qanday tuyg‘ularni his qilganliklarini qog‘ozga qayd etishdi. Ishtirokchilar bular bilan bog‘liq bir nechta savollarga javob berishdi.
Xulosa Natija quyidagicha: insonning musiqa tinglash vaqtida g‘amginlikni his qilishi uch omilni ifodalaydi: bo‘shashish, hamdardlik va xavotir… Yana-da aniqroq qilib aytganda, ko‘proq ma’yus qo‘shiq tinglashni xush ko‘radigan insonlar qo‘shiqdan g‘amginlik va hamdardlikni his qilgancha rohatlanishar ekan. Mana, rohatlanish va charchoq chiqarishning eng oson usuli!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.