Muvaffaqiyatsizlikka uchradingizmi?

Siz muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz. Endi hammasini boshidan boshlash zarur. Aytadilar-ku: Oson yo‘lni tanlama, deb- Bu hikmat bezish aytilmagan. Ya’ni, turli to‘siqlar va qarama-qarshiliklar inson fe’l-atvorini hamda muvaffaqiyatga intilishini shakllantiradi.

Omadsizligingizdan nolib, kayfiyatingizni tushirmang. Dushmanlaringizni quvontirib, qovog‘ingizni solib olmang. Men bilgan har bir yutuq odamlarning omadsizligidan kayfiyati tushib, dangasalik bilan yonboshlab yotib olishidan boshlangan. Chunki hayotining bu davrida sharoitdan kelib chiqib odamlar muvaffaqiyatining asosi bo‘lmish mahorat, qobiliyat, xohish va qat’iyatini ishga soladi. O‘zining hozirgi yashash sharoitiga qoniqmaslik ko‘zi bilan qarab, hayotini o‘zgartirishga ahd qilgan odam go‘yoki hammaga eshittirib: «Omadsizlik va kamsitishlardan to‘ydim, ularga boshqa chidamoqchi emasman!», deb baqirgandek bo‘ladi. Shunda vaqt, taqdir va vaziyat ortga chekinadi.

Afsuski, omadsizlik davrida bir to‘da yolg‘onchi va dangasalik kasaliga uchraganlar safiga o‘zini otadiganlar ham yo‘q emas. Ular behafsala, beg‘am, ishyoqmaslar bo‘lib, omad kelishini kutib, istagan maqsadiga erisholmaganlari uchun o‘zga kishilarni, mavjud muhitni ayblashadi. Mag‘lubiyatlariga o‘zlari sababchi ekanligini tan olgisi kelmaydi. Oqibatda, «Kambag‘alning ishi nolish, ikki yonboshida bolish», deb ataluvchi beg‘am odamlarning soni ortadi.

Lekin… hayot davom etadi. Garchi siz hozir mag‘lubiyat alamini totib turgan bo‘lsangiz ham. Olam ertaga tongda uyg‘onib, hech narsa bo‘lmaganday yo‘lida davom etadi. Sizning muvaffaqiyatsizligingiz vaqtinchalikdir. Qaytadan oyoqqa turganlar haqida esa kitoblar yozib, ko‘klarga ko‘tarib «Omadli odam», deydilar. Hech kim o‘sha baxtli odamning omadga erishishi yo‘lida chekkan zahmatlarini bilmaydi.

Shu lahzadan boshlab to umringiz oxiriga qadar mukammallik sari intilishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ying. Siz omadga erishish uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘lini tanlaganingizni unutmang. Qo‘yingki, dunyoga bir marotaba kelib, unda bir bor yashaysiz. Keling, o‘xshashi yo‘q, go‘zal va shirin bu hayotda faqat va faqat omadli bo‘lib yashaylik!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish