1. Ikki inson yolg‘iz muloqot qilgan vaqtda, bir-birining ko‘ziga 60% qarar ekan. Bu foiz sevishganlar yoki yoqtirmaydiganlarda yanada yuqori darajada bo‘larkan.
2. Notanish inson bilan muloqot vaqtda, unga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabat, muloqotning boshlang‘ich 4-daqiqasida shakllanar ekan! Aniqlanishicha, biz bu inson bilan qay darajada gaplashib keta olishimizga bir necha daqiqaning o‘zi kifoya ekan.
3.Insonlar ko‘pincha ota- onasiga o‘xshagan yoki kichiklik vaqtida chiqisholmagan o‘rtoqlariga o‘xshagan insonlarga nisbatan iliq tuyg’ularni his qilar ekan.
4.Statistika bo‘yicha piyonistani qizi- piyonistaga turmushga chiqadi, onasini aytgan so‘zidan chiqmaydigan yigitlar hukmron ayollarga uylanishar ekan. Bu holat shuni izohlaydiki, inson o‘zi bilmagan holda yosh bolalik vaqtida hal qilolmagan muammolarini shu yo‘l bilan hal qilmoqchi bo‘ladi.
5.Tadqiqotlarga ko‘ra, inson bir yildan ortiq sevolmaydi. Gap romantik hissiyotlar haqida ketmoqda, 12 oydan so‘ng – yoki muhabbatga aylanadi, yoki hissiyotlar umuman so‘nadi.
6. Ekstremal holatlar- ya’ni avariya, falokatlar, umuman inson hayotiga xavfli vaziyatlarning barchasi insonlarni bir- biriga yaqinlashtirar ekan. Sababi – qonga adrenalin quyilishi natijasida baxt va sevilish garmoni – dofamin ishlab chiqariladi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.