#MOTIVATION
MAQSADGA ERISHISHNING 5 QOIDASI
? ANIQLIK.
Maqsadingiz shunchalik aniq boʻlishi kerakki,
unga oʻzingiz ham tushuning va nimaga intilayotganingizni doim yodda tuting.
Shunda qilayotgan ishlaringizda oʻsish bor yoki yoʻqligini bilib turasiz.
⛓ QIYINCHILIK.
Maqsadingizga erishish yoʻlidagi qiyinchilik voz kechishga emas, yanada qiziqishingizni oshirishga xizmat qilishiga ishoning.
? ISHONCH.
Koʻzlagan natijangizga erishsa boʻladigan deb hisoblang va undan voz kechmang.
Olgʻa intilish uchun nega qattiq mehnat qilishingzi kerakligi haqida sizni ishontiruvchi sabablar toping va yodda saqlang.
? FIKRLAR.
Qilgan ishlaringizga fikr bildirishlari yoʻlini izlang.
Oʻsish va tajribangizni nazorat qiling, shunga qarab zarur boʻlsa, qiyinchilik darajasini oʻzgartirish mumkin.
? MURAKKAB ISH.
Agar maqsadingizga erishish oʻta murakkab boʻlsa,
u holda ularni qismlarga boʻlib amalga oshirishga kirishing.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.