Qanday qilsak maqsadlar daftarda rejaligicha qolmaydi?
✔️Kichik qadamlar bilan harakat qilish. Bir urinishda hammasini o’zgartiraman deb ovvora bo’lmang. Ga’labaga erishishni kichik muvaffaqiyatlardan boshlang, asosiysi davomiylikni unutmang.
✔️Sizga ilhom baxsh etuvchi gaplarni ko’proq eshiting va insonlar bilan tanishing. Bu ham sizni muvaffaqiyatga erishishingizda yordam beradi.
✔️ Immilamasdan harakat qiling. Erta turib, lekin soatlab ijtimoiy tarmoqda o’tirsangiz vaqtingizni havoga sovurasiz. Ertalabga badan tarbiyaga musiqa tanlash uchun soatlab vaqt ketkazmang, tezroq tanlang yoki oldindan tayyorlab qo’ying.
✔️Maqsadlaringiz sari nimadir harakatlar boshlang, xatto kichik bo’lsa ham. Boring, uy ko’rib keling, yoki mashina tanlab ko’ring, kamida fitnessga yozilib keling. shunda hammasiga harakat boshlanadi.
‼️Unutmang, muvaffaqiyat kaliti – Harakatda!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.