Sizni qadringizga yetmaganlari uchun maoshingizni oshirishmayapti, deb hisoblashdan osoni yo‘q. Aslida esa bunga sizning xatti-harakatlaringiz sabab bo‘lishi ham mumkin. InsiderPro ko‘proq pul topish uchun qaysi odatlardan xalos bo‘lish kerakligiga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
- Kech qolasiz
Agar ishga vaqtida kelmasangiz, nima uchun rahbariyat maoshingizni oshirishga shoshilishi kerak?
- Tartibli emassiz
O‘zingizga qarab yurmasangiz va ish joyingiz betartib bo‘lsa, rahbar, hoynahoy, sizni layoqatsiz yoki mas’uliyatsiz deb hisoblasa kerak.
- G‘iybat qilasiz
Professionalizm va g‘iybat bir-biriga ziddir. Shuningdek qo‘pollik ham maoshingiz oshishiga imkon bermaydi.
- Jamoani chetlab o‘tasiz
Sizning vazifalaringiz hamkasblaringiz qilayotgan ishlarga bog‘liq bo‘lmasa ham, ular bilan muloqot uchun umumiy mavzu topishga, bilimlaringizni bo‘lishishga, korporativlarda suhbatlashishga harakat qiling. Rahbariyat uchun yaxshi o‘yinchi – bu jamoaviy o‘yinchi.
- Siz rivojlanmaysiz
Ko‘proq pul topishni istasangiz, ish beruvchining ko‘z oldida o‘z qadr-qimmatingizni oshiring. Yangi ko‘nikmani o‘zlashtiring yoki qo‘shimcha malakaga ega bo‘ling, keyin esa rahbariyatga yangilangan rezyumeni taqdim eting.
- Siz so‘ramaysiz
Sizning pullaringiz haqida birinchi navbatda siz o‘zingiz o‘ylashingiz kerak. Rahbarning kim qancha maoshga loyiqligi ustida bosh qotirishdan-da zarurroq ishlari bor. Nima uchun maoshingizni ko‘tarishmayotgani haqida o‘ylab o‘tirishdan ko‘ra bu borada rahbariyatga murojaat qilib, asosli raddiya olgan yaxshiroq.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.