Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida o‘zi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yo‘riqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.
*Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
*Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.
*Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.
*O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.
*Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.
*O‘zing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
*Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
*Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
*Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
*O‘zing uchun iloji boricha ko‘p mashg‘ulot o‘ylab top.
*Bir o‘zing yakunlashing mumkin bo‘lgan ishga yordamchi talab qilma.
*Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
*Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.
*Iloji boricha kam uxla.
*Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.
*Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
*Yaxshilik qilishga imkon izla.
*Yaxshi bo‘l va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
*Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.
*Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.
*Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.
*Bor narsalarga qanoat qil.
*Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
*Yaqinlaringning hayoti shirin bo‘lishiga hissa qo‘sh.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.