Kechirim so‘rash, yordam so‘rab murojaat qilish, samimiy bo‘lish. Bularning bariga faqat haqiqatan ham kuchli bo‘lgan kishilargina qodir.
Quyidagi so‘zlar hind inqilobchisi Maxatma Gandiga tegishli: “Kechira olish qobiliyati – kuchlilarga xos. Kuchsizlar hech qachon kechirishmaydi”.
Odamlarni kuchli va kuchsizlarga ajratish o‘rinsiz ko‘rinishi mumkin. Axir baholashning aniq mezonini belgilash imkonsiz. Biroq taxmin qilish mumkin.
Kuchsiz odam – baxtli bo‘lish qo‘lidan kelmaydigan odam. U qo‘rquvga to‘la, mas’uliyatdan qochadi va o‘tmish xatolari bilan yashaydi. Bu kuchlilarga xos emas. Kuchlilar faqat bir narsani istaydi – o‘zi va yaqinlari uchun hayotni baxtga to‘ldirish.
Bu ikki guruhning umumiy jihatlari kam, biroq tafovutlar talaygina. Ulardan ko‘pchiligi kuchsiz kishi qodir bo‘lgan hayot va amallarga borib taqaladi. Hozir ana shu omillar haqida so‘z yuritamiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.