??Quyidagi testda berilgan 9 ta rasmni avval tepadan pastga, so‘ng esa pastdan tepaga qarab ko‘rib chiqing. Birinchi jalb qilgan «ko‘z»ni tanlang, keyin sizga umuman yoqmagan suratning raqamini eslab qoling. Birinchi tanlov shaxsingiz haqida ma’lumot bersa, ikkinchisi hayotda qabul qilolmaydigan fe’l-atvor va fazilatlarni anqilashda yordam beradi. Tanlagan rasmlarni quyidagicha tahlil qilasiz.
??1-ko‘z: IShONUVChAN ShAXS
Siz insonlarni yurakdan sevasiz. Odamovi emassiz, tavakkal qilish, ko‘ngilga yaqin insonlarning bevafoligini kechirish sizga xos odat. Havas qilishga arziydigan fazilatingiz bor: hech kimga qo‘rqoq va qat’iyatsiz bo‘lib ko‘rinishni, atrofdagilarda shunday taassurot qoldirishni istamaysiz. Muammolaringizni faqat o‘zingiz hal etishni ma’qul bilasiz.
??2-ko‘z: SINChKOV INSON
«Hato qilishga haqqim yo‘q. Men barchada birdek yaxshi taassurot uyg‘otishim kerak», deb hisoblaysiz. O‘zingiz haqingizda juda yuqori fikrdasiz. Xuddiki maslahatingizsiz o‘zgalarning ishi bitmaydigandek. Hayajonlanish, xafa bo‘lish sizga butunlay yot, har holda bu holi hech kim ko‘rmagan.
??3-ko‘z: TAJRIBALI KIShI
Qayga bormang, kim bilan tanishmang, doim o‘zligingizni hamda o‘z dunyoingizni axtarasiz. Bu chalkash hayotda o‘z o‘rningizga ega bo‘lishni istaysiz. Yomon xayollardan uzoq bo‘lishga intilasiz. Bu boshingiz ko‘p narsaning guvohi bo‘lgan. Lekin har safar qoqilgach, o‘rningizdan turishga harakat qilishingiz tahsinga sazovor.
??4-ko‘z: XAYoLPARAST INSON
Yetti o‘lchab, bir kesasiz. Xayolot olamiga bir sayr qilsangiz, u yerdan qaytishingiz qiyin kechadi. Tavakkal qilishni istamaysiz. Hayotni katta boshqotirma deb bilasiz va uning har bir bo‘lagini o‘rganib chiqmagunga qadar tinchimaysiz.
??5-ko‘z: JUMBOQ ShAXS
O‘zingiz uchun ham jumboqsiz. Sizni anglashni niyat qilganlarga esa omad tilashdan o‘zga chora yo‘q. Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgaradi. Yaqinlaringiz sizni tushunishlari qiyin, har bir daqiqada fikringiz o‘zgarib qolish ehtimoli yuqori. Suhbatga kirishishdan avval qarshingizdagi insonni yaxshilab kuzatasiz. Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsalar haqida og‘iz ochmaysiz.
??6-ko‘z: TA’SIRChAN KIShI
Juda e’tiborlisiz, hech narsa yodingizdan chiqmaydi. Kichik bir hodisa ham hislaringizni junbushga keltirishi hech gap emas. Kulgu va ko‘z yoshingiz doim shay holatda bo‘ladi. Biroq o‘ta ta’sirchan ekaningiz hammaga oshkor bo‘lishini istamaysiz. Atrofdagilarda jiddiy inson sifatida taassurot uyg‘otishga harakat qilasiz.
??7-ko‘z: G‘AYRATLI INSON
Shijoatingizni qaerga sarflashni bilmaysiz, qalbingiz sevgiga limmo-lim. Siz yoki sevasiz, yoki nafratlanasiz. His-tuyg‘ular harakatlaringizni boshqarib turadi. Lov etib yonib, puf etib o‘chadi degan ibora ayni siz haqingizda. Hayotingizdagi tashvishli hodisalarning aksariyatiga hislaringiz sababchi ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring.
??8-ko‘z: G‘AYRIODDIY ShAXS
Qarashlaringiz va qiziqishlaringiz hammaniki kabi emas. G‘ayrioddiylik siz uchun odatiy hol. Qoidalarga bo‘ysunishni istamaysiz. «Nima bo‘lsa, bo‘lar! Men o‘z bilganimdan qolmayman», deb ishingizni bitirasiz. Sizni o‘zgartirishga harakat qilganlarni mazax qilib, ularga aks javob qaytarasiz. Ko‘rimsiz bo‘lib qolishdan juda qo‘rqasiz.
??9-ko‘z: SEZGIR ShAXS
Siz o‘zgalarning qarashi va hatti-harakatini tushunish borasida ustasi farangsiz. Qarshingizdagi insonning nigohi va ovoziga qarab u haqida ma’lumot bera olasiz. Yolg‘onni bir kilometr naridan sezasiz. Shuning uchun sizdan maslahat so‘raganlar juda ko‘p bo‘ladi. Asl yuzingizni niqob ortiga yashirishda sizga teng keladigani yo‘q!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.