1. Qadoqlangan qog‘oz, rangli jildlar, reklama bukletlari, ya’ni jozibali ko‘rinadigan, aslida biror joyda yaramaydigan qog‘ozlarni o‘ylab o‘tirmasdan tashlab yuboring.
2. Ishdan chiqqan maishiy idishlarni darhol va afsuslanmasdan tashlab yuboring. Sevimli xolangizdan meros qolgan cheti uchgan chiroyli guldon endi ko‘zni quvontirmaydi. Guldonda gullardan bahramand bo‘lmaysiz, ammo singan buyumdan afsuslanasiz. Bu ko‘ngil xijilligi nima uchun? Axlatga!
3. Eski yoki singan narsalarni saqlash uchun chekkadagi xonalar, garaj, oshxonadan foydalanmang. Qoida tariqasida, u yerga ko‘chirilgan narsalar boshqa ishlatilmaydi. Buning uchun sizga chin dildan minnatdor bo‘ladigan keraksiz vositalarni yoki eski mebellarni yordamga muhtojlarga berish yaxshiroqdir.
4. Mavsumda bir marta garderobni ochib, ichidagilarni soching. Agar mavsum davomida biror kiyimni kiymagan bo‘lsangiz, uni boshqa hech qachon kiymaysiz. Eski kiyimlarning haddan tashqari ko‘pligi sizga yangi narsalarni sotib olish imkoniyatini bermaydi, chunki siz kiyimga mo‘l shkafni ko‘rib turibsiz. Eski narsalarni ularga muhtojlarga bergan yaxshiroq.
5. Kanselariyani vaqti-vaqti bilan saralab turing. Keraksiz xatlar, cheklarni darhol yo‘q qilish kerak. Har yili hujjatlar va hisoblarni tekshiring. Qonun bo‘yicha, hujjatlar uch yil davomida saqlanishi kerak. Shu vaqt o‘tgach, keraksiz narsalarni osongina axlatga tashlang.
6. Hamyon ichini tartib bo‘yicha joylashtiring. O‘tgan haftadan beri muddati o‘tgan kimyoviy tozalash kvitansiyasi yoki xarid ro‘yxatini nima uchun olib yuribsiz. Tashrifnomalarni diqqat bilan ko‘rib chiqing va eskirganlarni otib yuboring.
7. Vaqti-vaqti bilan telefoningizni tozalang. Ma’lumotlar, media fayllar, taqvimlar, kontaktlarni kompyuteringizda saqlang yoki bulutli saqlash yo‘li bilan sinxronlashtiring. Afsuslanmasdan, muvaffaqiyatsiz tushirilgan suratlarni o‘chirib tashlang: ular nafaqat operatsion xotirani sekinlashtiradi, balki yuqori sifatli suratlardan zavq olishga ham xalaqit beradi.
8. Ish joyingizni muntazam tozalang. Deyarli vaqtingizning yarmini ishda o‘tkazasiz. U yerda ham keraksiz narsalardan xalos bo‘ling. Barcha turdagi haykalchalar, taklifnomalar, qog‘oz parchalari va boshqalarni tashlab yuboring.
9. Ertalab ishga kirishishdan oldin narsalarni joy-joyiga qo‘ying. Buyumlar sochilib yotishi tartibsizlikni kuchaytiradi.
Ushbu oddiy qoidalarga har kuni rioya qiling. Hayotingizni keraksiz buyumlardan xalos qiling va chuqur nafas oling. Eskisi yo‘qolganda, muqarrar ravishda yangisi paydo bo‘ladi. Bu olamning o‘zgarmas qonuniyatidir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.