KECHKI ROMANTIKA HISSIZLIK – KASALLIKMI? ERIM BILAN MUNOSABATLARGA HOHISHIM YO'Q…

Mutaxassis – tibbiyot fanlari nomzodi, androlog seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

BUNI ANORGAZMIYa DEYDILAR!

Jinsiy yaqinlik vaqti hissiyotlarning qo‘zg‘alishi yuz beradi. Bu ayol va erkakda lazzatlanish kayfiyatining paydo bo‘lishi bilan kechadi. Biroq ayrim hollarda mana shu hodisa juda sust namoyon bo‘lishi yoxud umuman inkor etilishi ham ehtimoldan xoli emas. Tibbiyot mazkur holatni anorgazmiya (jinsiy yaqinlikdan rohatlanmaslik) deb ataydi. Soddaroq aytganda, jinsiy maylning kuzatilmasligi va nozik munosabatlarga nisbatan javob reaksiyasining hosil bo‘lmasligi ayollar orasida birmuncha ko‘proq bo‘lib, uning sabablari turli omillarga bog‘liq. Anorgazmiya, ochiq aytishga uyatli, ammo o‘z vaqtida chorasi ko‘rilmasa, er-xotin munosabatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hodisadir.

Simptomlari

Yaqinlik vaqti tos mushaklarining ixtiyorsiz qisqarishi tabiiy holatda sodir bo‘lishi lozim. Ayni shu jarayon ayolda jinsiy xohishning qo‘zg‘alishini stimullashtiradi. Agar hech qanday o‘zgarish kuzatilmasa-chi? Aslini olganda, hissiyotlar ifodasi va uning yuzaga chiqishi har kimda turlicha kechadi. Anorgazmiya tashxisi his-hayajonlarning yuzaga chiqishi qiyin kechganida yoki umuman kuzatilmaganida qayd etilishi mumkin. Muammoni o‘rganishda anorgazmiyaning birlamchi, ikkilamchi, simptomatik, konstitusional, retardasion, ruhiy va disgamik turlari tafovut qilinadi.

Kun sayin juftingiz bilan yolg‘iz qolishni istamay borasiz, yaqinlik vaqti tanangizda zo‘riqish, jinsiy a’zolarda spazm kuzatiladi, nozik munosabatlar malol kela boshlaydi. O‘zingizni majburlab kayfiyat paydo qilishga bo‘lgan urinishlaringiz naf bermay qo‘ygach, o‘zgarishlar yoringizning asab torlarini chertadi. Bu anorgazmiyaning belgisi bo‘lishi mumkin.

Sabablari nima?

Hissiyotlar yo‘qolishining bir qancha izohlari mavjud. Quyida ular bilan tanishtiramiz:

Nozik munosabatlarga daxl qiluvchi asosiy omillardan biri bu kasalliklardir. Har qanday surunkali va o‘tkir turdagi xastaliklar jinsiy maylning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Xoh bu diabet bo‘lsin, xoh nevrologik o‘zgarishlar;
Jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish, o‘sma kasalliklari yoki operativ davo muolajalarining asorati ham hissizlikka olib kelishi mumkin;
Arterial qon bosimini me’yorlashtiruvchi, antigistamin va antidepressant preparatlarda ham xohishni so‘ndirish xususiyati bor. Dori vositalarini pala-partish va uzoq muddat qabul qilish, ayniqsa, zararlidir;
Yaqinlikning og‘riqli kechishi. Bu ong ostida og‘riq hissining saqlanib qolishiga sabab bo‘lib, munosabatlar vaqti refleks tarzda nomoyon bo‘ladi;
Tamaki va spirtli ichimliklar. Ayollarga qanday bog‘liqligi bor deyishingiz mumkin, afsuski, zararli odatlarga ruju qo‘ygan xonimlar ham yo‘q emas;
Yoshga doir o‘zgarishlar qatorida ro‘y beradigan gormonal, nerv va qon aylanish tizimidagi jarayonlarning jinsiy hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatishi. O‘rta yoshli ayollarda estrogen gormonining kamayishi erogen nuqtalardagi sezgi qobiliyatini zaiflashtiradi.
Foto: dori darmonlar, sigaret, ichkilik, qon bosimini o‘lchidigan apparat

Psixologik omillar ham bor!

Turmushdagi voqea-hodisalar, ro‘zg‘or tashvishlari, oila a’zolari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar ham jinsiy hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Negaki, bularning bari ruhiy muvozanatni izdan chiqaradi. Agar shifokor anorgazmiyaning boisini psixologik holatlardan deya taxmin qilsa, u holda quyidagi omillarga diqqat qaratishingiz lozim: depressiya, tushkunlik, homiladorlik yuzaga kelmayotgani oqibatidagi umidsizlik, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ilk visol oqshomidan so‘ng yuzaga kelgan qo‘rquv, o‘zini
erkin tutolmaslik, jinsiy munosabatlar haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish. Gohida o‘zi istamagan kishiga turmushga chiqish va unga ko‘ngil qo‘yolmaslik ham jinsiy maylning paydo bo‘lmasligiga olib keladi. Yoki erkakning keskin harakatlari, yaqinlik vaqti qo‘pollik, tanqid qilishi ham ayolda ruhiy anorgazmiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Yordam so‘rashdan uyalmang!

Jinsiy hayot sifatining kundan–kun yomonlashib borayotgani er-xotin munosabatlariga soya tashlayotgan bo‘lsa, mutaxassis yordamidan qochmang. Ginekolog huzuriga kirish uchun navbatga yozilishni maslahat bermaymiz, negaki jinsiy yaqinlik masalalari yuzasidan muammolarni shifokor-seksopatolog hal etadi. Suhbat asnosidan kelib chiqqan holda ginekolog, nevrolog, endokrinolog shifokorlar ko‘rigi buyurilishi mumkin. Shuningdek psixonevrolog mutaxassis bilan ruhiyatdagi o‘zgarishlarni tahlil qilishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.

Muolajalar kutilgan natija berishi uchun juftliklarning birgalikdagi ishtiroki ayni muddaodir. Qolaversa, jinsiy hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgan holatlar va ularni bartaraf etishning nafaqat ayol, balki erkakka ham taalluqli bo‘lgan tomonlari bor.

Muolaja qancha davom etadi?

Hammasi anorgazmiyani keltirib chiqargan holatga bog‘liq. Agar bu biror xastalik bo‘lsa, belgilangan dori vositalarini o‘z vaqtida qabul qilish lozim. Jinsiy xohishning yo‘qolishi gormonlar ishiga aloqador deb topilganida gormonal terapiya buyuriladi, ammo faqat shu bilangina chegaralanib qolish yaramaydi. Preparatlar organizmning ichki holatiga ta’sir ko‘rsatar, biroq kundalik turmush tarzingiz, odatlaringiz va asabiylikdek eng katta dushmanni mahv etmas ekansiz, muolajalarning bari bekordir.

Sizni o‘ylantirayotgan savollar yuzasidan juftingizning ham fikrini biling. Tortinmang, nozik munosabatlar ikkingizga ham birdek muhim mavzu. Ehtimol, u sizning talab va ehtiyojlaringizni bilmas yoki siz u haqida yetarlicha ma’lumotga egamasdirsiz. Hissizlikdan xalos bo‘lishni istaysizmi, qay tariqa tuyg‘ularingiz junbushga kelishi mumkinligini tushuntiring. Er-xotin o‘rtasida bu kabi mavzularning uyatli yeri yo‘q.

Ko‘makchi usullar

Shifokor anorgazmiyaning asosiy sababini aniqlagach, shunga ko‘ra kerakli muolajani buyuradi. Uy sharoitida esa intim moylardan foydalanishingiz mumkin. Bunday moylar uqalash va qinni yengil qizdirish ta’siriga ega bo‘lib, jinsiy a’zo mushaklarini bo‘shashtiradi. O‘z navbatida sezgirlik hissi rag‘batlantirilib, yaqinlikka moyillik paydo bo‘lishi mumkin. Intim vositalarning qanday turini tanlashingizdan qat’iy nazar, albatta davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Shaxsiy hududda o‘zingizga ma’qul kelgan muhitni paydo qiling. Ehtimol, choyshablarni yangilarsiz yoki tungi libosingizning oxori to‘kilgandir, o‘zgartiring.

Kundalik hayotda qanday hodisalardan shodlanasiz, bu haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Yoringizning qay bir harakati sizni sevintiradi, hayajonga soladi, yotoqdan tashqarida uni hammadan qizg‘onasiz-ku axir, shundaymi? Balki mana shu holatlarni xayolan tasavvur qilish orqali o‘zingizni yaqinlikka tayyorlab ko‘rarsiz, nima dedingiz? Darvoqe, juftingiz bilan yolg‘iz qolganingizda bekorchi o‘ylar, vahima, sarosima kabilarni o‘zingizdan nari qiling. Tanangiz yengillikni his qila olishi lozim.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish