Eringiz qiyo ham boqmayaptimi? Uni tushunishga harakat qiling!
Har bir qiz turmushga chiqish haqida orzu qilganida, albatta yonida uni sevuvchi, ardoqlovchi insonni tasavvur qiladi. Ideal holatda biz erkaklarni o‘ta ehtirosli ekani, birinchi turmush kechasidanoq hayotida u uchun o‘zimizni eng asosiy ayol sifatida qo‘yishimizga ishonamiz. Ammo bu o‘y-xayollarga asoslangan orzular real hayotda o‘z tasdig‘ini topmaganidan so‘ng erkakni hali bee’tiborlikda, hali ikkinchi xotini borlikda, hali hissizlikda ayblaymiz. Bu biz–nozik hilqatlarning tug‘yonlari. Aslida erkaklar ayoldan nimani qay tarzda kutadi? Bu kutishlar biznikidan farq qiladimi? Ularning idealidagi intim munosabatlar qanday bo‘lishi kerak? Ushbu savollarga javob topishni istasangiz, sahifani diqqat bilan o‘qing.
Ishbilarmonlik sindromi
Ba’zi erkaklar tirikchilik vajidan o‘zini hali u yoqqa, hali bu yoqqa uradi. Ayrimlari xorijiy davlatlarga tez-tez safar uyushtirgani uchun soat vaqt mintaqalari farq qiluvchi sharoitlarga ko‘nikishga majbur bo‘ladi. Shunday tig‘iz vaziyatda jinsiy yaqinlikka ehtiyoj tug‘ilarkanmi?! Axir u bechoraning oxirgi marta qachon to‘yib uxlagani ham yodida yo‘q-ku! Mabodo siz biz tilga olayotgan ishbilarmonlar toifasiga mansub bo‘lib, xotiningiz erlik “vazifangizni” ado etmayotganingizdan noliyversa, maslahatimiz, mana shu oxirgi loyihangizni tugating-u, telefon, komp’yuterlarni uyda qoldirib, chet elga endi xotiningizni birga olib jo‘nang. Biznes emas, yana bir karra asal oyiga!
Yodingizda bo‘lsin: ortiqcha stress, hissiy va aqliy bosim potensiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Bu” yosh bilan ham bog‘liq ekanini unutmang
Biz odatda ilk nikoh kunlari, asal oyi, chimildiqda o‘tkazgan chilla davrlarini o‘zgacha sog‘inch bilan eslaymiz. Hozir esa… Yaqinda 55 yoshlardagi bir tanishim hasrat qilib qoldi: “Oxirgi paytlar oyda, 2 oyda bir ayolim bilan xos xonada “uchrashayapmiz”. Ayolim o‘zimdan 15 yosh kichik. U ko‘pincha mendan norozi bo‘layapti, ba’zan boshqa ayolim borlikda ham ayblayapti. Yoshim o‘tayotganini yech tan olgisi yo‘q”.
Ana shunday erkaklarning ayollariga aytarimiz: turmush o‘rtog‘ingizni tushuning. Erkaklarda jinsiy faollik davri 30-35 yoshga to‘g‘ri kelsa, ayollarda bu 35-40 yoshlarda yuz beradi.
Hozirda jinsiy yaqinlik avvalgiga nisbatan kamroq sodir bo‘layotgan bo‘lsa-da, yorqinroq va ehtirosliroq ekanini tan olarsiz.
Ba’zi erkaklar ayolining shaxsiy gigiena bilan yetarli darajada shug‘ullanmasligini aytishga istihola qiladi. Jinsiy yaqinlik paytida keladigan noxush hidlarni bartaraf eta olmaganidan asta-sekin xotindan «sovish» boshlanadi. Bunday hollarda erkak ozroq aktyorlik mahoratini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, noxush hidlar manbasi sifatida o‘zini ko‘rsatib, ayolidan buni tasdiqlash uchun so‘raydi(Masalan, «og‘zimdan yomon hid kelmayaptimi?»). Yoki odatdagi jinsiy yaqinlikdan avval anchadan beri yuvinmaganini aytib, vanna qabul qilib olishni taklif qiladi. Aytmoqchimizki, agar ayolingiz shaxsiy gigiena bilan shug‘ullanish kerakligini jiddiy qabul qilmasa, o‘zingiz unga namuna bo‘ling.
Er-xotin o‘rtasida turmushda, ro‘zg‘or vajidan bo‘lib turadigan urush, janjallar «to‘shak»dagi kayfiyatga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Jiqqi musht bo‘lib, stress, depressiya paytlari erkakda jinsiy yaqinlik uchun deyarli xohish bo‘lmaydi. Shuning uchun ayol oilada erkak oldidagi hurmatini saqlashi, uning ishonchini qozonishga harakat qilishi kerak.
Agar ikkingizning jinsiy xarakteringiz umuman mos kelmasa…
Bu juftliklar o‘rtasida tez-tez uchrab turadigan holat. Erkak va ayolning jinsiy tasavvurlari har xil bo‘lishidan tashqari bu yerda xarakter ham katta rol’ o‘ynaydi. Agar shu muammo sizni qiynayotgan bo‘lsa, eng muhim 3 ta qoidani yodda tuting:
❤️1. Faqatgina har ikkalangizga xush keladigan harakatlarni bajarishga jazm qiling.
❤️2. Turmush o‘rtog‘ingizning azoblanishiga sabab bo‘ladigan ishlarni qilishdan tiyiling.
❤️3. Ayolingiz istamaydigan harakatni bajartirish uchun hech qachon uni majburlamang.
Shuningdek, erkaklarda jinsiy yaqinlikni xohlamaslik yoki undan qochish jinsiy hayotdagi bir xillik, yosh, ichkilik, nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq holda kechishi mumkin. Biz bu mavzularni keyingi sonlarimizda batafsilroq yoritamiz. Hozircha har bir insonning jinsiy ehtiyojlari turlicha ekani va u jufti tomonidan boricha tan olingandagina o‘zaro garmoniyaga erishish mumkinligini ta’kidlamoqchimiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.