KECHKI ROMANTIKA – "DADASI, UYDA BOLALAR BOR!"

Bolalar tufayli hosil bo’luvchi nizolar bilan kurashamiz

?Qirq kunlik «karantin»dan so‘ng er-xotinning har ikkisida ham kuchli ehtiroslar kuzatiladi. Bu erkak uchun kutilgan «uchrashuv», ayol uchun esa vaqtinchalik holat, xolos. Chunki ayni dam uni ko‘proq onalik mehri o‘ylantiradi. Muhabbat «o‘yinlari» esa o‘z-o‘zidan ikkinchi o‘ringa o‘tgan. Ayolni ham to‘g‘ri tushunish kerak. Axir u yangi tuyg‘ularni his etmoqda. Ko‘nikkunicha vaqt kerak. Lekin hamma erkaklar ham buni to‘g‘ri tushunmaydi-da.

Chaqaloq tunda uyg‘onadi, yig‘laydi, tagligini yangilaysiz, xullas kunu tun tinim yo‘q. Biroq bu juftingizni shashtidan qaytarishingiz uchun sabab emas. Nima qilasiz? Biror oylardan so‘ng bolakay kun tartibiga moslashadi. Shunga qarab, eringizga vaqt ajratishni o‘rganing. Tunda necha marta emizasiz, qanday holatda bo‘lasiz, bu sizning ishingiz, begingiz qarshisida istalgan ayol bo‘ling. Go‘dak belanchakda jimgina uxlayaptimi, uning borligidan istihola qilish shart emas.

?Bolakay 1-2 yosh bo‘ldi…

Ruhshunoslar, bola bir yoshdan oshdimi, yotog‘ini bo‘lak qiling deb bejiz aytishmaydi. Birinchidan, nozik munosabatlardan chalg‘itadi, ikkinchidan bu yoshda bolalar ta’sirchan bo‘lib, ota-onaning xatti-harakatini noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Masalan, ayolidan bo‘sa olayotgan erkakni ikki yoshli bolakay «Dadam oyimni xafa qilayapti» tarzida tasavvur qilishi ehtimoldan holi emas. Shu bois yaqinlik masalasi bola uxlagach hal qilingani ma’qul. Tunda imkoni bo‘lmasa, kunduzi, farzandingiz orom oladigan vaqt haqida o‘ylab ko‘ring.

❤️O‘g‘il-qizingiz allaqachon o‘z xonasiga ega «hokim». Ammo gohida «Yomon tush ko‘rdim» yoki «Qo‘rqib ketayapman, siz bilan uxlayman» deb yotog‘ingizga kirib keladi. Onaligingizga borib, bolangizni ovutasiz, istagiga qarshi bormaysiz. Biroq eringizning qovog‘idan qorlar yog‘adiki… Ertasiga muzlagan yax ustida sirpanib ketmaslikni istasangiz, vaziyatni nazorat qiling. Bola uxlagach, uni karovatda qoldirib, boshqa xonaga o‘tish mumkin. Agar buning imkoni bo‘lmasa, bolani asta joyiga olib chiqib qo‘ying.

?5 yoshli bilimdon…

«Nega osmon moviy rangda?», «Men qanday tug‘ilganman?» bu kabi savollar bilan tinim bilmaydigan bolakay, «Nega xonangiz eshigini qulflab olasizlar?» deyishdan ham toymaydi. Axir unga hamma narsa qiziq-da. Yoki tunda indamay kirib kelishi mumkin. Yana deng kutilmagan vaziyatda. Xo‘sh, qanday yo‘l tutasiz. Avvalo yotoqxona eshigini hamisha yopiq tuting. Bolalaringizga kichikligidan o‘rgating, «yotoqxonaga so‘roqsiz kirilmaydi». Mabodo dab-durustdan qoidalar buzilsa ham sarosimaga tushmay, bolani xonasiga olib borib, uxlating-da, ortingizga qayting. Xarxasha qilayotgan bolani ham ovutish mumkin. «Yig‘lab qo‘ymayapti», «Injiqlanayapti» degan bahonalar o‘tmaydi.

?Farzandingiz maktabga chiqdimi, har kuni bir vaqtda uxlashga odatlantiring. Shunda tunning qolgan qismini juftingiz uchun ajrata olasiz. Kun tartibiga moslashgan bola yarim tunda kutilmagan tashriflar bilan bezovta qilmaydi. Bola ulg‘aygani sari atrofidagi hodisalarni o‘zicha tahlil qila boshlaydi. Shunday ekan, ehtiroslar yotoqxona eshigidan tashqariga chiqmasin.

?14-15 yoshli o‘g‘il-qizlari bor ota-onalar, yaqinlik borasida farzandlaridan istihola qilishadi. Aniqrog‘i bu ko‘proq ayollarda kuzatiladi. Erkaklar esa istaklarini amalga oshirolmayotganlari uchun norozi bo‘lishadi. Bu vaziyatda ko‘p narsa ayolning uddaburonligiga bog‘liq. «Bolalar ko‘rib yoki eshitib qolsa-chi?» deya cho‘chiyotgan bo‘lsangiz, biror kun ularga ta’til bering-da, buvisinikiga yuboring. Yoki kino, teatr, sirkka chipta sotib olib, biror soatlarga chalg‘iting. Shunda ham muammoni hal qilolmasangiz, tongdan (odatda bu paytda o‘smirlarni zambarak o‘qi bilan ham uyg‘otish amri mahol) juftingizning ko‘nglini olishingiz mumkin. Muhimi, xohish bo‘lsa, yetarli.

?E’tibor, e’tibor va yana e’tibor!

Bolalar tug‘ilgach asosiy e’tibor ularga qaratilib, istaysizmi-yo‘qmi juftingizdan salgina uzoqlashasiz. Bu normal holat bo‘lishi mumkin. Biroq muntazam davom etishi to‘g‘ri emas. Farzandingizni suyib erkalayotganda, yoringizdan ham bir og‘iz shirin so‘zni qig‘zanmang. Jigarbandlaringizga qanchalik diqqat qilsangiz, begingizni ham undan kam ko‘rmang. Ular ham mehrni, muhabbatni kezi kelganida bag‘ringizga bosh qo‘yib, xotirjamlik tuyishni qumsaydigan katta bolalar.

?Bo‘yi yetib

qolgan o‘g‘il-qizlar ota-onasining «shaxsiy» hayoti haqida qay darajada tasavvurga ega bo‘lishi kerak? Mutaxassislar fikricha, balog‘at yoshiga yetgan bolaning jinsiy tarbiyasini to‘g‘ri olib borsangiz, ota-onasining o‘z hayoti borligini fahmlaydi. Faqat buning uchun er-xotin xatti-harakatlari, muomala va o‘zaro munosabatlarini nazorat qila olishlari kerak. Bir-biringizning qo‘lingizdan tutib televizor tomosha qilishingiz, ishga kuzayotganda juftingizga bo‘sa hadya etish – bu holatlar ikkingiz orangizdagi hurmat va mehr belgisi. To‘g‘ri, bolalar kichikligida bu ishlarni tushunmay ba’zida kulguga olib gapirishlari mumkin. Ammo ulg‘aygach, oddiy narsalar bilan ham e’tibor ko‘rsatish mumkinligini o‘rganishadi. Kerak bo‘lsa, sizdan ibrat olishadi.

?Chaqalog‘im bor

deb emizishga qulay kiyimni tanlaysiz. So‘ng ortiqcha mulozamatga erinib, kundalik libosingizda ham uxlab qolish odati paydo bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay faqat ko‘chaga chiqqaningizdagina pardoz qilasiz-u, uyda qolsangiz, sochga rezinka taqib yuraverasiz. «Meni birov kelin qilarmidi?» deysiz-da. Yashang! Chindan ham sizni so‘rab keladiganlarning keti uzilgan. Biroq eringiz oromini o‘g‘irlagan o‘sha yangi kelinchakni sog‘inadi-da. Bolalarga hamisha vaqt ajratish kerak, ammo bu ishlar yaqinlikka to‘sqinlik qilmasin. Nozik munosabatlarga er-xotinlik vazifasi emas, avvalo ikki insonning mehr-muhabbati, talpinishi sifatida qarasangiz hayotingiz muammolardan xoli bo‘ladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish