KAYFIYATNI KO’TARISHNING ENG SAMARALI USULLARI

Hammada omadsiz kunlar bo‘lib turadi. Asosiysi — tushkun kayfiyatga berilmaslik va chalg‘iy olish. «Layfxaker» shunday damlarda sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan usullar bilan bo‘lishdi.

  • Tetiklashtiruvchi pley-list

Sizga zavq bag‘ishlovchi treklardan iborat pley-list tuzing. Hech qanday melanxoliya bo‘lmasin: ma’yus musiqa busiz ham kayfiyati yo‘q insonning dilini xira qiladi.

  • Jismoniy faollik

Ruhiy va jismoniy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlikni yodda tuting. Amerika psixologiya assosiasiyasi psixoterapiya sxemasiga jismoniy mashqlarni qo‘shishni tavsiya qiladi. Shunday ekan, raqsga tushing, sakrang, yengil mashq qiling: endorfinlarni ishlab chiqarish uchun har qanday jismoniy faollik turi to‘g‘ri keladi.

  • Do‘stga qo‘ng‘iroq

Hoynahoy do‘stlaringiz bilan messenjerlar orqali xabarlashib tursangiz kerak – o‘sha yerga yozing: qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar, hazillar va ajoyib stikerlar vaziyatni to‘g‘irlaydi. Eng yaxshisi – yaqinlaringizga qo‘ng‘iroq qilib, ular bilan uchrashish. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizga yanada zavq bag‘ishlaydi.

  • Kulish uchun sabab

Do‘stlaringiz tezkor amaliy yordam ko‘rsata olishmasa, kulgi istab Telegram’ga murojaat qiling. Butun internet memlari kanali – LaQeque’ni varaqlang, «Poglad’ kota» kanalida hayotiy qiyin vaziyatda qolgan mushuklarga qarang yoxud turli latifa kanallariga a’zo bo‘ling.

  • Oddiy maqsadlar

Yomon kayfiyat va apatiya kuch-quvvat va ishdagi samaradorlikdan mahrum qiladi. O‘zingizdan jahlingiz chiqmasin: agar kuningiz oddiy o‘tsa, o‘nta murakkab ish o‘rniga uch oddiy ishni rejalashtiring. Kichik bo‘lsa-da, maqsadga erishish o‘zingizdan qoniqish hosil qilish hissini qaytaradi.

  • Yaxshi fil’m

Katta ekranda yangi fil’mlarni ko‘rishga shoshiling yoki uyda maroqli kino kechasini o‘tkazing: romantik komediyalar insoniyat va ezgulikka bo‘lgan ishonchni qaytaradi.

  • Kichik istaklar

Istaklarning amalga oshishi doim zavq bag‘ishlaydi. Hozir orziqib kutilgan sayohatga bora olmasangiz, biroz kichikroq ko‘lamdagi, lekin yoqimli ishga qo‘l urishingiz mumkin bo‘lsa kerak. O‘ylab ko‘ring, bu nima bo‘lishi mumkin. Mazali taom, yoqimli hordiq, kutilmagan xaridlar – bunday mayda «tashvish»lar ham albatta natija beradi.

  • Real hayotga qaytish

Meditasiya stress darajasini pasaytiradi va hissiyotlarni boshqaradi. Kun yorishgunga qadar lotos pozasida o‘tirish shart emas, og‘ir o‘y-xayollar va his-tuyg‘ulardan chalg‘ishga yordam beruvchi oddiy mashqlarning o‘zi yetarli.

Masalan, derazadan tashqariga qarab, nimalarni ko‘rayotganingizni tasvirlang. Baholovchi izohlarsiz, faqat dalillar. Nechta mashina, odamlar va uylar? Ularning rangi, o‘lchamlari va shakli qanday? Qizil ob’ektlar qancha-yu sarig‘i qancha?

  • Dam olish vaqti

Yomon kayfiyat ko‘pincha stress va charchoq natijasidir. Agar bu sizning holatingiz bo‘lsa, o‘zingizga dam olishga imkon bering. Telefon va ishlarni bir chetga suring-da, jurnal varaqlang, sayr qiling yoki shunchaki mizg‘ib oling. Qisqa taym-aut bilan osmon uzilib, yerga tushmaydi, lekin kuch-quvvatni qayta tiklash va kayfiyatni ko‘tarish uchun ayni muddao.

  • O‘zimga rahmat

Hozir issik bo‘lgani uchun hech bir ishga qo‘l bormayotgan bo‘lsa-da, barchasi siz o‘ylagandek yomon emasligini eslatib turuvchi oddiy mashq. O‘zingizga o‘zingiz rahmat aytishingiz mumkin bo‘lgan 10 satrdan iborat ro‘yxat tuzing. Mazali va to‘yimli nonushta qildingizmi? Juda yaxshi! Foydali maqola o‘qidingizmi? Ajoyib! Shu tariqa o‘n sabab topishingiz kerak.

Yodingizda bo‘lsin, uzoq davom etuvchi yomon kayfiyat depressiya belgisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizni boshqarishni uddasidan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz, bu psixolog yoki psixoterapevtga murojaat qilish uchun sababdir.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish