ISHLARIM HECH YURISHMAYDI – MENI O’QITIB QO’YISHGAN!

Tan olaylik, biror-bir muammoga ro‘baro‘ kelsak, albatta, uning osonroq yechimini izlaymiz. Va ko‘p hollarda bu otinoyiyu domlalarga murojaat qilish, fol ochtirish kabi amallarda o‘z ifodasini topadi. «To‘g‘ri-da, hamma shunday qiladi!» deyishingiz mumkin, ammo bu qanchalik to‘g‘ri? Umuman, jamiki masalalarning bosh sababchisi — issiq-sovuq ekanligiga ishonch qaerdan paydo bo‘ladi? Yo sehr-jodu qilingan odamning o‘ziga xos belgilari bormi? Ehtimol bu shunchaki o‘z-o‘zini aldash, pulni havoga sovurish yo pashshadan fil yasashdek gapdir. Er-xotin munosabatlarining buzilishi, omadsizlik, xastalanish va yana boshqa-boshqa vaziyatlarda ilmu amalning daxli yo‘qdir balki… Xullas, ko‘pchilikni qiziqtirgan va hamisha bahsli mavzu yuzasidan mutaxassislarga yuzlanamiz.

Inkor etilmaydi, ammo…

Noyob qobiliyatli kishilar bor va biz ularni inkor etish yo qilayotgan ishiga nisbatan shubha bilan qarash fikridan yiroqmiz. Qay biri chindanam insonlarga foydam tegsin, deb niyat qilgan, qaysilarining niyati g‘aliz, buni ham muhokama qilmoqchi emasmiz. Bugun nishonimizda siz, ya’ni ilmu-amal yordamida hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlardir!

Boshiga ish tushgan inson nima uchun «dami o‘tkir domla»ga boradi sizning-cha? Savolning javobi juda oddiy: yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan mas’uliyatni o‘z yelkasidan soqit qilib, boshqa bir insonning gardaniga tashlash! Ana endi vaziyatni kengroq tahlil qilamiz. «Ishlarim orqaga ketayapti, lekin men aybdor emasman!», «So‘nggi paytlarda erim menga sovuq muomalada, jerkigani-jerkigan, biroq men aybdor emasman…», «Qaynonamning meni ko‘rarga ko‘zi yo‘q… mening aybim yo‘q bunda… biror nima qilib bering, to‘yib ketdim-ey baridan!» Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, uch xil vaziyatda ham aybdorlar atrofdan izlanmoqda. Dushmanlar, ko‘rolmaydiganlar va yana ma’shuqalarni yo‘q qilish esa domlayu otinoyilarning chekiga tushayaptiki, «Ehtimol hammasi o‘zimga bog‘liqdir, ilmu amalning aloqasi yo‘qdir» degan fikr unut bo‘layozadi.

«Uchtasiga bordim, yaxshimas ekan!»

O‘zi yoki yaqinlarini issiq-sovuq qilingan deya hisoblayotgan kishilar birgina domlayu otinoyi bilan kifoyalanishmaydi. Avval tanish-bilishlar tavsiya qilganiga boriladi, u yerdan yana kimlarningdir daragi chiqib, harakatlanish yo‘nalishi o‘zgaradi. «Tezroq va yaxshiroq ta’sir qiladiganiga boraman!» deyishadi tag‘in. Biroq bunday amallar lotereyadek gap, omadingiz kelsa-yu xo‘p-xo‘p, o‘sha muammodan xalos bo‘larsiz. Biroq buning aksi bo‘lsa, baloga qolgan yana domlayu otinlar bo‘lishadi! «Qanchasiga bordim, birortasidan naf chiqmayapti, yanayam kuchlirog‘ini bilmaysizmi?» deyishadi keyin.

Shaxs sifatida yetuk bo‘lmagan, ilmi yetishmagan, mas’uliyatni yelkasiga olishdan qo‘rqadigan, tan ola bilishni istamaydigan bir so‘z bilan aytganda, «Іayotimda muammo bor va uni o‘zim hal qilaman» deyolmaydiganlar boshlariga tushgan savdolarni sehr-jodudan ko‘rishadi.

Bola pozisiyasi

Іayotingizda sodir bo‘layotgan har bir voqelikka o‘zingiz sababchisiz. Biror mushkullikka duch kelsangiz, bilingki, bu siz uchun berilayotgan imkoniyat: nimanidir o‘rganish, rivojlanish, yanada yetuk shaxs bo‘lishingizga turtki ular. «Meni o‘qitib qo‘yishgan» deya tanimagan-bilmagan insonlarning istiqboliga oshiqish esa psixologiyada bola pozisiyasi deyiladi. Negaki aynan bolalar, qilayotgan xatti-harakatlari uchun javob bera olishmaydi. Xo‘sh, siz bola darajasidamisiz?

Xavfli tomoni yo‘q, deysizmi? Bor!

«Noyob qobiliyat»li kishilar «qabulxonasi» turli xil tutatqilar, noodatiy narsa-buyumlar, kitoblar, toshlar bilan bezatilgan bo‘ladi. Bular insonni trans holatiga solib qo‘yadi. Ya’ni ong butunlay ochilib, bu vaqtda qanday axborot yangrasa, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ong ostiga tushadi. Ong osti xuddiki shudgor qilingan yer, unga qanday urug‘ eksangiz, u, albatta, unib chiqadi.

Tasavvur qiling, «Uch oylik umring qolgan», «Eringning boshqa oilasi bor», «Yaqinlaring orasida seni ko‘rolmaydiganlar ko‘p», «Qaynonang xonangga narsa sepib qo‘ygan», «Ovsiningning qo‘lidan hech nima yema» kabi xabarlarni eshitdingiz, shu zahotiyoq ongingiz qabul qilgan ma’lumotga moslasha boshlaydi. Uni shu holicha singdiradi va u haqida o‘ylar paydo boshlaydi. Soddaroq aytganda, eshitganlaringizni (hatto ular yanglish bo‘lsa ham) o‘zingiz hayotingizga olib kirasiz, shakl-shamoyilini hosil qilasiz.

Negaki fikr kuvvati inson hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi. Dinda duo taqdirni o‘zgartiradi deyiladi, psixologiyada esa buning talqini yaxshi o‘y-fikrlarni xayol qilish deganidir.

«Falon folchi qizingning turmushi bo‘lmaydi degandi, aytganidek bo‘ldi-yu» deyishingiz mumkin, biroq bu vaziyat folchining bashorati deb emas, balki o‘ylaringiz hosilasidir. Axir tunu kun shu haqida xayol qilaverdingiz-ku! Astoydil ishongan ekansiz, yoningizga keldi. «Do‘stingdan hazir bo‘l deyishgandi, rostanam u meni chuv tushirdi», deydi ayrimlar. O‘ylab ko‘rilsa, bu kabi ma’lumotni eshitgandan so‘ng o‘zingiz do‘stlaringizdan shubhalana boshlagansiz va tabiiyki yuzaga kelgan holatda sizning ham aybingiz bor.

O‘rganish hissi paydo bo‘ladi, negaki…

Hadeb domlayu otinlarga murojaat etish bora-bora moyillikni paydo qiladi. Chunki bunday vaziyatlarda siz nazoratni qo‘ldan chiqarasiz. Qarabsizki, oddiy


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish