Tushuning, sizga xech kim nimadir qilishga majbur emas, shuni tushungan kuningiz, siz uchun yangi xayot boshlanganini bildiradi.(Albatta o`qing!)
Hech kim.
Hech nimada.
Majburmas.
Bu juda oddiy.
Bu haqiqat.
Sizga to‘qnash kelgan har bir kishi uchun muhim inson bo‘lishni istashdan to‘xtang.
Sizni sevishga hech kim majbur emas, sovg‘alar berishga ham.
Siz bilan do‘st bo‘lishga, sizga yaxshilik qilishga va muloyim gapirishga ham, beminnat yordam berishga ham majbur emas!!!
☝️?Sizga vafodor bo‘lishga ham majbur emas!
Siz uchun harakat qilishlariga, sizning yoningizni olishlariga, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilib o‘tirishni bas qiling.
Sizni yupatishga ham, qarz berib turishga ham, sizning hikoyalaringizni tinglashga, hazillaringizga kulishga ham majburmas.
Siz yaxshi mutaxassisligingiz uchun olqishlashga va o‘zingizni baxtli his qilishingiz uchun harakat qilishga ham majbur emaslar!
Hech kim sizning yaxshiligigizga yaxshilik bilan javob berishga majbur emas. Sizdan minnatdor bo‘lishga ham.
Tushunyapsizmi?
Hech kim. Hech qayerda. Hech narsaga. Majbur emas. Hech qachon.
Bu gap sizni xafa qilyaptimi? Tushkun axvolga solyaptimi? O‘zingizni yolg‘iz xis qilyapsizmi? Xafsalangiz pir bo‘ldimi?
Yo‘q. Yo‘q. Yo‘q.
Chetdan bir qarang.
Axir bu yorug‘lik.
Bu Sizning qoningizga singib ketgan, kimdandir nimalarnidir umid qilishdek baxtsizlikdan halos bo‘lishdir.
Qalbingizdagi, siz uchun «qarzdor» bo‘lgan insonlar ro‘yxatidan qutulishdir.
Esingizdami? Kimlarnidir siz uchun ko‘p narsada majbur deb hisoblagansiz. Ularni qo‘yib yuboring. Odamlarni yo‘q narsada ayblamang. O‘zingizni yo‘q narsaga umidvor qilib charchatmang.
Yaxshilik qilgan insonlaringiz sizga shunday javob qaytarmaganiga kuyinmang.
✂️Odamlarni muhokama qilish va ayblashdan to‘xtash, sizning haqiqiy hayot boshlaganingizdan dalolat!
Yangi, haqiqiy, kuchli inson hayoti!!!
Axir siz buni juda hoxlagandingizku?!
Endi siz xech kimdan hech nima kutmaysiz.
Bundan buyon nimadir sodir bo‘lsa, kimdir siz uchun yaxshilik qilsa, siz cheksiz minnatdorlik hissini tuyasiz.
Anglab yetishdek iliq bir to‘lqin yuragingizga yuguradi.
Endi siz ilgari e’tibor bermagan mayda-chuydalarni ham ilg‘ay boshlaysiz:
Shirin so`zni…
Yordam berayotganlarni…
Tabassum qilganlarni…
Demak, hamma gap o‘zingizda ekan. Ko‘rdingizmi? Atrofda qanchalik ko‘p yaxshilik borki, siz ularni o‘zingizning «xoxlayman» va «u majbur» degan fikrlaringiz bilan to‘sib qo‘yyapsiz.
Har bir inson mexribon. Siz faqat, ulardan nimadir kutish va ularga baxo berishdan to`xtang!!!
Shunda hammasi o‘z iziga tushadi.
Bu ayniqsa o‘zaro muxabbat tuyg‘ularida muhim o‘rin egallaydi.
Agar sevsangiz – uni majburlamang. O‘z holiga qo‘ying. O‘zingizcha, qandaydir harakatlarga uni majbur deb hisoblamang.
Mana u…
Xaqiqiy munosabat.
Soxta emas.
Uning tanlovini hurmat qilish.
Hamma narsani nazorat qilishdan to‘xtang.
Yoqmayaptimi – keting. Ammo kimgadir yashashni o‘rgatmang.
Hech kim Siz uchun hech nimada majbur emas.
Bu birinchi qadam.
Bundan buyon siz hech kimdan xafa bo‘lmaysiz. Hech kim bilan tortishmaysiz. Hech kimdan nimadir kutib asabiylashmaysiz.
Nohaqliklar yo‘qoladi, faqat o‘zaro minnatdorlik hissi qoladi. Bu ta’riflab bo‘lmas darajada ajoyib –
Yengillik.
Oddiylik.
Siz qanchadan-qancha keraksiz o‘ylardan xalos bo‘ldingiz.
Endi esa siz ozodsiz!!!
Xotirjamlikni his etib, uni tinglash uchun va ko‘p ezguliklarni his qilish uchun ozodlikka chiqdingiz.
Siz shunchaki BORSIZ!
Sizga hech kim hech nimada majbur emas!!!
Siz ham hech kim uchun majbur emassiz!!!
Yashayvering…
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.