HAYOTINGIZDA KERAK BO’LUVCHI 16 KO’NIKMA

Hayotdagi eng yaxshi narsalar bepul bo‘lishi mumkin, biroq ularga erishish uchun ko‘p vaqt, kuch-g‘ayrat va qat’iylik kerak bo‘ladi. BusinessInsider shakllantirish biroz qiyin bo‘lsa-da, zarur hisoblangan 16 ko‘nikma bilan bo‘lishdi.

  • Boshqalarga g‘amxo‘rlik qiling

Empatiya — ko‘pchilik yodidan chiqarib yuboradigan asosiy insoniy xususiyat. Bu boshqa odamning kechinmalarini his eta bilishdir. Aynan empatiya odamlar bilan ishlovchi oddiy mutaxassislarni birinchi toifali mutaxassislarga aylantiradi, xodimlarni bir jamoa bo‘lib ishlashga ilhomlantiradi, apatiyani yengib o‘tib, shunchaki maoshdan boshqa narsalarga ham intilishga yordam beradi.

  • To‘yib uxlash

Kun tartibini ishlab chiqish juda muhim, bu uyqu sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan tartibga rioya qilib, uyquga ketishingiz va ertalab uyg‘onishingiz osonlashadi va umuman yaxshiroq uxlay boshlaysiz.

  • Vaqtni taqsimlash

Bugungi kunda vaqtni taqsimlash ayniqsa qadrli. Afsuski, taym-menejmentning bir universal usuli yo‘q. Aynan siz uchun qo‘l keluvchi rejimni topishga va unga rioya qilishga harakat qiling.

  • Yordam so‘rash

Sizga qachon yordam kerakligini anglab yetish va yordam so‘rab birovga murojaat qilish juda qiyin, zero hech kim zaif va qobiliyatsiz bo‘lib ko‘ringisi kelmaydi. Biroq, olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday iltimos hamkasblarimizda bizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirar ekan.

Bir insondan maslahat so‘rar ekanmiz, biz uning bilimlari va tajribasini tan olayotgan bo‘lamiz, u esa bizga yanada ko‘proq ishona boshlaydi.

  • Ijobiy ichki muloqot olib borish

Boshqalarning siz haqingizda nima deb o‘ylashi muhim emas. O‘zingiz nima deb o‘ylashingiz muhim. Biroq atrofdagilar sizga ishonmayotgan bir paytda sizni qo‘llab-quvvatlovchi ishonchning bunday darajasiga erishish uchun juda ko‘p vaqt ketadi. Shu bois ijobiy ichki muloqot juda muhim. Biroq o‘zingiz haqingizda salbiy fikrlash, aksincha, sekin-asta o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qiladi.

  • Izchil harakat qilish

Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishish uchun izchillik zarur. Nimaga intilmang, barchasida izchillikning ahamiyati katta: sport bilan shug‘ullanish, nimanidir o‘rganish yoki muhim loyihani tugallash. Odamlar ko‘pincha muayyan darajaga yetgach, yanada yaxshi ishlash o‘rniga o‘z harakatlarini susaytirishadi. Erishgan darajasini saqlab qolish uchun yanada qattiq ishlash va izchillikka rioya qilish kerak bo‘ladi.

  • Birovlarning ishlariga aralashmaslik

Birovlarning ishiga aralashib, hech kimga yordam bera olmaysiz, shunchaki vaqt, kuch-g‘ayrat va vositalaringizni zoe ketkazganingiz qoladi xolos. Dunyodagi eng odil inson bo‘lsangiz ham, boshqalarning ishiga aralashishga huquqingiz yo‘q. Buni yodda saqlab, unga rioya qilish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

  • Suhbatdoshni tinglash

Ishxonada qo‘ng‘iroqlar va xabarlar doim bizni chalg‘itadi, suhbatdoshga diqqatni qaratish oson bo‘lmaydi. Muloqot vaqtida diqqatingizni jamlay olmasangiz, suhbatdoshingizning so‘nggi gapini takrorlashga harakat qiling. Shunda gap nima haqidaligini eslab qolasiz.

  • Vaqtida tilni tiyish

Ba’zan o‘z fikrlaringizni bildirishdan tiyilganingiz ma’qul. Nimadandir jahlimiz chiqqanida, birovdan xafa bo‘lganimizda yoki hayajonlanganimizda miyaga kelganini gapirib yuboramiz. Keyin esa afsuslanib yuramiz.

  • Yangi tillarni o‘rganish

Bu ko‘nikma faqat kar’erada va boshqa mamlakat fuqarolari bilan muloqot qilishda yordam berish bilangina cheklanib qolmaydi. Yangi til bilan birga yangicha dunyoqarash, yangi hissiyotlar va yangicha fikrlash usuli shakllanadi.

  • O‘y-fikrlarni boshqarish

O‘zingiz istagan ish bilan shug‘ullanish va maqsadga erishish uchun fikrlaringizni kerakli tomonga yo‘naltirish zarur. Murakkablik shundaki, o‘tgan yillar tajribasi bizga va fikrlarimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o‘tmishingiz kelajagingiz ustidan hukm chiqarishiga yo‘l qo‘ymang.

  • Fisqi-fasoddan yiroq bo‘lish

Har qanday munosabatlarning asosi — ishonch. Birovning ortidan gapirish ishonchni so‘ndiradi. Shunga qaramay, boshqalarni muhokama qilishdan voz kechish qiyin. Muhim suhbatlarni qo‘yib yuborishga, ba’zi odamlardan uzoqlashishga va doimo «Gapingizni bo‘lganim uchun uzr, biroq to‘g‘risi, menga buning qizig‘i yo‘q», deyishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, maqsadlaringizdan voz kechmang, shunda katta mukofot – ishonchni qo‘lga kiritasiz.

  • Ayni damda yashash

Biz kamdan-kam holatlardagina aynan hozirgi damda bo‘lamiz. Ba’zan nima qilayotganimizni ham sezmaymiz va boshqa o‘y-xayollar girdobida yuramiz.

Biz kelajak haqida qayg‘uramiz yoki o‘tmish xayollari bilan yuramiz va bu bizga ayni damdan bahra olishga imkon bermaydi.

  • Omma oldida gapirish

Juda ko‘pchilik omma oldida chiqish qilishga qiynaladi. Hatto mashhur ishbilarmon Uorren Baffet ham omma oldidagi chiqishlardan shunchalik qo‘rqqanki, nutq so‘zlashi oldidan ko‘ngli ayniy boshlagan. Bunday qo‘rquvlarni yengib o‘tish uchun u imkon qadar ko‘proq tajriba qilishni tavsiya qiladi.

  • Atrofdagilar bilan samimiy bo‘lish

Ba’zan odamlar bilan mutlaqo samimiy bo‘lish noqulaydek, lekin bu biror nima deyish kerakligi uchungina yoqimli xushomad qilishni bildirmaydi. Facebook COO Sheril Sendberg radikal ochiqlikka rioya qilishni tavsiya qiladi. Bu qayg‘urishning shunday turiki, unda biz haqiqatni aytib, insonning jahlini chiqarishdan qo‘rqmaymiz.

  • O‘zingizni aldamaslik

Nohaq ekaningizni tan olish juda qiyin. Biroq hamma xato qiladi. Eng yomoni, ularni tan olmay, kerakli xulosa chiqarmaslik.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish