Gʻazabni jilovlash, uni bartaraf etish xususida koʻplab fikrlar bildirilgan. Bu gal esa biz bunga biroz boshqacharoq tarzda yondashmoqchimiz, yaʼni gʻazabga erk berishning oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkinligi xususida toʻxtalib oʻtsak, zero bu ham kimlardadir oʻzini nazorat qila olishiga koʻmaklashadi, degan umiddamiz:
👉Miya: Maʼlum boʻlishicha, gʻazablanish natijasida bizning qonimiz qaynash oʻrniga ivir ekan. Garvarddagi sogʻliqni saqlash maktabida oʻtkazilgan tekshirishlarga koʻra, tomirda ivib qolgan qonlar keltirib chiqaradigan ishemik hujum xavfi gʻazab alangasidan bir necha soatdan keyin uch martaga oshar ekan.
👉Yurak: Tekshirishlar natijasiga koʻra, 2 soat davom etgan oʻz salbiy hissiyotlarini nazorat qilolmaslik holati infarkt xavfini 8,5-marta oshirar ekan. Shuningdek, koʻproq kelishmovchilik holatiga gʻazabli munosabat bildiruvchi kishilar yuqori qon bosimi, koʻkrak qafasidagi ogʻriq va boshqa yurak-tomir tizimi muammolari bilan bogʻliq kasalliklarga duchor boʻlishar ekan.
👉Teri: Yuzning jahldan qizarishi teri holatiga zarar yetkazadi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, bunday holat terini atopik dermatit xurujigacha olib kelar ekan.
👉Oʻpka: Yuqori “qaynash darajasi” va gʻazabni boshidan kechirgan odamlar oʻpkasi zaif holatda boʻlar ekan. Mutaxassislarning fikricha, gʻazab tufayli stress gormonlarining yuqori miqdori nafas yoʻllarining yalligʻlanishiga olib kelar ekan.Xulosa — sizning oʻqiganlaringiz yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlardir. “Kasalni davolagandan koʻra oldini olgan afzaldir” deganlaridek, salbiy hissiyotlarni oʻz vaqtida jilovlab, yuqoridagi “kasalliklar”ning oldini olish oʻzingizga bogʻliq ekanligini unutmasangiz kifoya.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.