Bizning o‘y-fikrlarimiz judayam kuchli energiyaga egadir.
Biz fikrlarimiz bilan xohlasak hayotimizni go‘zallashtiramiz yoki yemirib boramiz.
Nimaga deysizmi?
Hech kuzatganmisiz, doimo negativ fikrlaydigan va har narsadan yomonlik izlovchi insonlar baxt va quvonchga to‘lganini?
Hamma narsada yaxshilikni va hikmatni ko‘ruvchi insonlarda esa hayoti bir maromda sokin va xotirjam o‘tadi.
Ishonmaysizmi?
1 hafta mobaynida og‘zingizdan chiqadigan salbiy gaplarni qog‘ozga tushirib boring va hafta so‘ngida bir o‘qib ko‘ring.
Endi qarab ko‘ring o‘zingizning hayotingizga qancha zarar yetkazar ekansiz.
Endi yana 1 hafta faqat ijobiy so‘zlarni yozib boring va oxirida bu yozganlaringizni ham o‘qib ko‘ring. O‘qigan sari o‘zingizda qanday his tuyg‘ular o‘tayotganini kuzating.
Shu 2 haftalik oddiygina tajribada hayotingizga qanday energiya kirib kelganini guvohi bo‘lasiz.
Fikr – Mehr, muhabbat, yaxshilik va xotirjamlik bilan band bo‘lish kerak doimo.
Tinmay baxtliligingiz va omadliligingiz haqida gapiring.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.