Menimcha, dunyo yaralganidan beri Odam Ato va Momo havodek bir-biriga munosib, ideal juftlik bo‘lmagan. Nega? Chunki ular hech qachon bir-birini boshqa birovga taqqoslab ko‘rishmagan. Boshqa birovning o‘zi bo‘lmagan. Endi esa… Odamzotning tabiatida bor xususiyat: hamisha o‘zida yo‘q narsaga intiladi. Biz — erkaklar ham shunaqamiz, har doim nimadir yetishmaydi. Keling, bugun sizlarga ayrim sirlarni ocha qolay. Erkaklarga qanaqa xotinlar yoqishi haqidagi anchagina «sochi oqargan» kuzatishlarimni siz bilan tekinga baham ko‘rsam…?
- Bir qoshiq suv bilan yutgudek…???
Erkak kishi ko‘zi bilan sevadi, deb eshitganmisiz, to‘g‘ri aytishibdi. Aks holda shoirlarimiz «oydan-da go‘zal, kundan-da go‘zal» deb she’ru g‘azallar bitishmasdi.
Albatta, o‘ziga yarashtirib kiyingan, tobida pardoz-andoz qilib, yurish-turishni joyiga qo‘yadigan ko‘hlik qiz-juvonlar kimga ham yoqmaydi, deysiz? Buyog‘i, soch turmagi, manikyur, pedikyur, yana bir balolar… Xullas, ota-bobolar «onangni otangga bepardoz ko‘rsatma», deb bejiz aytishmagan…??
- Nozu firog‘ingdan akang…?♂
Ayol kishining eng katta quroli, bu — uning nozu karashmasi, degan ekan bir donishmand. Axir shirin ovozda, nozik jilmayib, nafis harakatlar bilan o‘z harakatini bildirishga shay turgan qaysi ayol erkak kishini xuddi mumdek eritmaydi.
Shunday ekan, aziz ayollar, o‘z gapirish uslubingiz, so‘z boyligingiz, qo‘l harakatlaringiz — hamma-hammasini nazoratga oling. Begingizga boshqalar qosh qoqib, uning jonini olishini istamasangiz, bu ishni o‘zingiz qilganingiz ma’qul. ❤️
- Ayol hamisha sirli bo‘lishi kerak ?♀
har doim turmush o‘rtog‘ingiz sizdan nimadir yangilik topishi kerak. ha, tan olish kerak, biz erkaklar yangilikka o‘chmiz. Shu bois, o‘zaro salomlashganda ham «Nima yangiliklar?» deb so‘rashamiz. Oilada har har kuni bir yangilik bilan lol qilishga intilsangiz, oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Faqat bu yangiliklar cho‘ntagimizni quritadigan bo‘lmasligi kerak-da?
Ruhshunos.uz, [20.05.18 21:37]
- Qo‘lingiz dard ko‘rmasin???
Erkak kishining ko‘ngliga yo‘l uning oshqozoni orqali o‘tishini bilasiz-a? Aslida o‘zimizga qolsa-ku, bitta pomidor va bir burda non bilan ham qornini aldab ketaveramiz. Ammo ayol zoti bizni rom etishni istar ekan, dasturxonga bor mehrini berishi, uni turfa noz-ne’matlar bilan to‘ldirishi kerak. Shuning uchun, begingiz uchun taom hozirlar ekansiz, xuddi davlat ahamiyatiga molik ishni bajarayotgandek o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qiling. ?
- Sarishtali xotin — farishtali xotin?
Endi bu haqda gap sotib boshingizni og‘ritmasam ham bo‘ladi.
Tozalik, saranjom-sarishtalik har bir o‘zbek ayoliga xos bo‘lgan xususiyat. Uydagi tartibsizlik har qanday erkakni, ayniqsa, u ishdan charchab kelganida g‘ashiga tegadi. Bu g‘ashlik albatta, oilaviy munosabatlarga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bo‘sh vaqt topdingizmi, uyga, tozalikka bag‘ishlang. ?
- Erkaklarni asrang ayollar!?
Erkakning kiyim-kechagi, poyafzali, shaxsiy ashyolari hamisha toza va o‘rnida bo‘lishi kerak. Unutmang, uzilgan tugma o‘z-o‘zidan qadalib qolmaydi, so‘kilgan chok o‘zicha tikilmaydi. Aks holda ertalab xo‘jayin «Ayasi, bugun qaysi ko‘ylagimni kiyay, yoqasi kirinimi yo tugmasi yo‘g‘ini», deb sarg‘ayib turadi…?
- Eringizga do‘st bo‘ling ??♂
Eringizga nima yoqsa, siz ham yoqtirasizmi? U sizga o‘n yettinchi marta hikoya qilib berayotgan bolalikda qo‘shnisining bog‘iga o‘g‘irlikka tushgani haqidagi hikoyani katta qiziqish bilan tinglay olasizmi? U bilan yonma-yon o‘tirib, muxlislik qilayotgan jamoaning o‘yinini jo‘shib tomosha qila olasizmi? U aytib bergan latifaga hatto tushunmasangiz ham, qotib-qotib kulasizmi?
Unda sizga tan berish kerak. Siz to‘g‘ri yo‘ldan borayapsiz. ?
- Ayol eng avvalo ona demak???
Bola tuqqanning hammasiyam ona bo‘lavermaydi, deyishadi. To‘g‘ri. Gap faqat tug‘ishda emas, Bolaga mehr, tarbiya va e’tibor bera olishda. Bolalarga shu darajada yaxshi e’tibor qaratingki, turmush o‘rtog‘ingiz sizni nafaqat ayol, balki ona sifatida ham hurmat qila olsin. ?
- O‘zingizni takomillashtirib boring?
Ruhshunos.uz, [20.05.18 21:41]
Ayol kishi er istagan hamma narsani miridan-sirigacha bilishi lozim. Ammo hech qachon eridan aqlli ko‘rinishga urinmasligi kerak. Er zotining tabiati shunaqa-da, xotin uning har bir maslahatini xuddi Luqmoni hakimning hikmatlaridek hayrat ila qabul qilsa, o‘ziga yaxshi. Nailoj, biz shunaqa yaratilgan bo‘lsak…?
- Pul topishni ham unutmang?
To‘g‘ri, xotinni yedirish, ichirish, kiydirish, hamma ehtiyojlarini ta’minlash erkakning zimmasidagi vazifa. Biroq ayol kishi faqat erning topgan-tutganiga ko‘z tikib o‘tiraversa ham
- Har doim yaxshi kayfiyatda bo‘ling?
ha, har doim! Erning kayfiyati ham sizning yuz ifodangizga qarab o‘zgarishi mumkin. Xotin zotining hamisha qovog‘idan qor yog‘ib turadiganidan asrasin. Agar siz yaxshi kayfiyatda bo‘lsangiz, hammasi joyida bo‘ladi. Urushish uchun bahona qidirib turgan janob er ham to‘ng‘illab-to‘ng‘illab jim bo‘ladi-qoladi. ?
- Erni hadeb tergayvermang???
«Nega kech qolib kelayapsiz? Nega telefonimni ko‘tarmaysiz? Nega telefon band edi? Sizdan qanaqa atir hidi kelayapti? Kotibangizning sochi qanaqa?» Bunday savollardan imkon qadar tiyiling. Shu er sizniki. Baribir ot aylanib qozig‘ini topadi. Ko‘chada ayollar ko‘p, to‘g‘ri, lekin sizning tepakal eringizdan boshqa chiroyli, kelishgan erkaklar ham tiqilib yotibdi. Shu uchun ortiqcha tergov, shubha-gumonlar bilan munosabatlarga raxna solmang.☝️
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.