ERKAKLAR NIMALARDAN QO’RQISHADI?

Erkak va qo‘rquv bir-biriga umuman zid tushunchalar, deb o‘ylaymiz. Ammo faqat ahmoqlargina hech narsadan qo‘rqishmaydi. Quyida sanaydiganimiz erkaklarga xos qo‘rquvlar ustida, ular xoh jiddiy bo‘lsin, xoh kulguli, yaxshigina mulohaza yuritib ko‘rish kerak. Chunki yoningizdagi inson — umr yo‘ldoshingizning xatti-harakatlari ko‘pincha ana shu qo‘rquvlar bilan izohlanadi. Demak, suyangan tog‘larimizning yashirin qo‘rquvlarini o‘rganamiz.

Bo‘ysunishni istashmaydi!

Erkak borki, lider bo‘lgisi keladi: oilada, do‘stlari davrasida, ishxonada ham. Bu ularni harakatga keltiruvchi kuch. Erkak doim ustun bo‘lishi kerak, bo‘ysunmasligi lozim, ayniqsa, ayol kishiga. Mayli, bo‘ysunmasinlar, ayollar ham kuchli bir erkak himoyasida bo‘lishni istaydilar va shu tufayli bu ikki jins bir-birini to‘ldiradi. Lekin hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin: ba’zida ishxonada boshliq ayol bo‘lib qolishi yoki xotini yaxshi lavozimga o‘tirib eridan ko‘proq pul topa boshlashi mumkin. Ana shunday o‘rinlarda muammo yuzaga keladi. Na yaxshi maosh, na doimiy ish o‘rni, na oila farovonligi erkaklarning bu qo‘rquviga bas kela olmaydi. Ular injiq, jizzaki, kajbahs bo‘lib qoladilar. Shunday vaziyatlarda ayollarning egiluvchan ruhiyati va farosati kerak: ularni tushuning, qo‘llang, kechiring. Vaqt o‘tishi bilan yo ko‘nikadilar, yo o‘zlari boshqa yaxshiroq ish topadilar.

Hammamiz keksayamiz…

Bu qo‘rquv sabab ancha-muncha taloto‘plar bo‘ladi. O‘rta yosh inqirozi deyishadi buni ruhshunoslar. Yoshi qirq bilan ellikning o‘rtasiga borganda erkak o‘zining qariyotganini anglab qoladi va vahimaga tushadi. Ayniqsa, bu yoshga kelib ishda, moddiy ahvolda biror marrani zabt etmagan, ko‘zga ko‘rinarli natijaga erishmagan erkaklarda bu hol ko‘proq kuzatiladi. Ishxonasiga yaqinda kelgan yosh, aqlli, zamonaviy texnologiyalarga tishi o‘tadigan avlod oldida bir ezilsa, oilada farzandlar tashvishining ortishi, jinsiy munosabatlarning siyraklashuvidan yana bir siqiladilar. Natijada isyon qila boshlaydilar: yana bo‘lar-bo‘lmasga janjallar, chetga yurish, hatto ajrashishlar ro‘y berishi mumkin. Ayollar «erkakcha klimaks» deb nomlanadigan ushbu davrga avvaldan tayyorlanib borishlari, o‘sha payt kelganida esa sabrli bo‘lishlari darkor. Erkakka kuch beradigan, uning o‘ziga nisbatan bahosini oshiradigan — xotini. U sizning ko‘zingiz bilan o‘ziga baho beradi. Demak, u siz uchun olamning markazi, dunyodagi eng zo‘r, navqiron erkak, supermen bo‘lishi kerak. Har holda, unda shunday kayfiyat uyg‘otib bera olsangiz, marra sizniki.

Nozik munosabatlar…

Aynan shu qo‘rquv erkak psixologiyasiga jiddiy zarba yetkazadi. Bu paytda eng katta yordam do‘stlardan emas (chunki, har qanday holda ham uchinchi bir odamning bundan xabardor bo‘lishini istashmaydi), aynan sizdan bo‘lmog‘i kerak. Siz uni sevishingizni, u dunyodagi eng mard va polvon erkak ekanini, hali hammasi oldinda va sizda sabr keragidan ham ortiqligini bildiring. Aslo uyalish, o‘zni chetga olish, bilmaganga solish, befarqlik va hokazo sabablar bilan erkakni o‘z dardi iskanjasida qoldirmang.

Tashlab ketishingizdan vahimada!

Endi yigitlar haqida ham ikki og‘iz gapirsak. Ma’lumki, erkaklar juda g‘ururli bo‘lishadi. Har doim oxirgi so‘zni u aytishi kerak, vaziyatni u boshqarishi lozim, zarur bo‘lsa, munosabatlarni ham o‘zi boshlab, o‘zi tugatishi darkor. Mabodo biror qiz ma’lum muddat uchrashib yurgach, yigit bilan munosabatlarni to‘xtatishni istab qolsa, buni ular o‘z oriyatlari uchun katta zarba sifatida qabul qiladilar. Ularni yo‘qotayotgan muhabbatlari, shu munosabatlarga sarflagan va endi uvol ketayotgan hisssiyotlariyu vaqtlaridan ham ko‘ra ko‘proq toptalgan g‘ururi tashvishlantiradi. Buni hazm qila olmaydilar. Shu sababli ko‘p yigitlar qizlarni birinchi tashlab ketishni istaydilar, muammo chiqsa, darrov aloqalarni uzish payida bo‘ladilar. Bunday erkak bilan oila qurish qiyin, ammo yaxshi inson bo‘lsa, voz kechishga ko‘zingiz qiymasa, yo‘lini topsa bo‘ladi. Avvaldan kelishib oling, muammo chiqsa, siz ham, u ham hech qaerga ketmaysizlar, bir-biringizni tashlamaysizlar, balki gaplashib, hamasini hal qilib olarsizlar. Arazlar, tashlab ketaman deb qo‘rqitishlar bunday erkak bilan teskari natija beradi, u qanchalik sevmasin, o‘z g‘ururidan kecholmaydi, sizdan kechishi osonroq.

Ideal ayolni topolmaslik kompleksi…

Bunday yigitlar uylanguncha ko‘p qizlar bilan gaplashadilar, uylangach ham jufti halollaridan ko‘ngillari to‘lmaydi, yana kimnidir izlaydilar, balki bir necha marta ajrashib uylanishlari ham mumkin. Xullas, ular uchun ayolning o‘zi emas, uni izlash muhimroq. Shu sababli eng chiroyli, eng aqlli, eng pazanda, xullas, eng, eng, eng ayoldan ham ayb topadilar. Axir izlamay qo‘ysalar bo‘lmaydi, yashay olmaydilar-da. Agar chekingizga shunday erkak tushgan bo‘lsa, to o‘zi ideal inson bo‘lmasligini tushunib yetmaguncha sabr qilasiz.

Sochi to‘kila boshladimi?

Bryus Uillis, Zayniddin Zidan… Bu nomlarni eshitsak, ko‘z oldimizga yoqimli, sevimli va mashhur yulduzlar keladi. Ularni birlashtirib turadigan yana bir jihat bor – sochsiz boshlari. Albatta, buni moda, imij, yana allambalo zamonaviy so‘zlar bilan atash mumkin, biroq asl sabab bitta — ularning sochlari bemavrid to‘kila boshlagan. Va buni yashirish uchun birato‘lasiga qirdirib tashlay qolishgan. Er yigit uchun tashqi ko‘rinish emas, ma’naviy jihatlar muhim degan gap qanchalik ko‘p takrorlanmasin, erkaklar kal bo‘lishdan qo‘rqishadi, bu — fakt! Shuning uchun o‘sha mashhur «Kelinlar qo‘zg‘aloni» fil’midagi katta o‘g‘il ham boshiga birnimalarni surkab xotinining muhabbatini qayta qozonmoqchi bo‘ladi. Agar yoringizning sochi to‘kilayotgan bo‘lsa, uni tinchlantirish uchun bir faktni aytsangiz kifoya: olimlarning aniqlashlaricha, erkaklarda soch to‘kilishiga qonda erkak gormoni — testosteron miqdorining ortib ketishi sabab bo‘lar ekan. Albatta, soch to‘kilishining boshqa sabablari ham ko‘p (masalan, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari). Lekin bu jiddiy ichki kasallik bilan bog‘liq emasligiga amin bo‘lsangiz, hammasini testosteronga yo‘yavering — eringiz bundan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, sochi to‘kilsa, xursand bo‘ladigan holatga keladi.

Otello kompleksi

Rashk qilmagan erkak erkakmi? Hamma erkaklar juftini qizg‘anadi, ayollar ham. Lekin shunday erkaklar borki, ularda bu tuyg‘u kasallik darajasiga yetgan, bunday erkak bilan yashaydigan ayol muntazam bosim va iskanjada bo‘ladi. Kampirining o‘limini g‘assol ayoldan qizg‘anib qizlariga yuvdirgan chollar haqida ham eshitganmiz. Albatta, rashkchi erlarning ayollari iloji boricha janjal uchun bahona tug‘dirmaslikka, o‘zlarini sipo tutishga intiladilar. Ammo baribir do‘q-po‘pisadan qutula olmaydilar. Bunday erkak oldida boshqa erkaklarni, hatto, yomonlab ham tilga olmaysiz, muhabbatingiz har daqiqada isbotlab turasiz va sabr qilasiz. O‘zga chora yo‘q.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish