Turmush o‘rtog‘im juda rashkchi, deysizmi?! Kimdir esa buning aksini aytib, nolib qoladi: «Erimning men bilan umuman ishi yo‘q. Qizg‘onmaydi ham» deb. Aslida esa birovning rashki pinhona, boshqalarniki o‘ta oshkora bo‘ladi. Oqila ayol har ikki vaziyatda ham qanday yo‘l tutish kerakligini biladi. Biroq bundan avval suyukligimizning rashki qay darajada ekanligini aniqlashtirish lozim. Quyidagi test yordamida juftimizga «tashhis» qo‘yib, so‘ng u bilan til topishish usullarini ko‘rib chiqamiz.
- Eringizga tanish bo‘lgan do‘stlar (erkaklar va ayollar) faqatgina unga tegishli insonlardir. U bu haqda sizga xisobot berib o‘tirmaydi.
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Turmush o‘rtog‘ingiz qimmatboho narsalarni yoki bo‘lmasa jamg‘arib qo‘ygan pulini qarzga berib turishdan charchamaydi.
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Ishdan so‘ng dugonalaringiz bilan kafe, restoranlarga borishingiz eringizga yoqmaydi.
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - «Meni ilgarigidek sevasanmi?», «Menga sodiqmisan?» deb so‘roqlab turadimi vaqti-vaqti bilan?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Eringizning kayfiyati bo‘lmaganida, biroz holi qoldirishni so‘raydimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Turmush o‘rtog‘ingingizning yaxshi tarafga o‘zgarishiga sababchi bo‘ldingiz. U buni tan oladimi?
Ha ( 0 ball)
Yo‘q ( 1 ball) - U sizni kechirimli, mehribon deb biladimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Tasodifan e’tiboringiz o‘zga erkakka qaratildi. Juftingiz bundan qattiq xafa bo‘ladimi
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Ikkingiz sayr qilib yurganingizda bir vaqtlar sizga ko‘ngil qo‘ygan yigitni uchratib qoldingiz. Eringizning rashki kelib, achchiqlanadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Agar qarindoshlaringiz sizni mehmonga taklif etishni unutib qo‘ysa, bu eringizga og‘ir botadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Ko‘p vaqtingizni farzandingizga qaratayapsiz. Turmush o‘rtog‘ingiz bundan asabiylashadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Qaynona – qaynotangiz turmush o‘rtog‘ingizga qaraganda boshqa farzandlariga ko‘proq mehr ko‘rsatishganmi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Eringiz bolalik xotiralarini eslashni istamaydi. Tengqurlari u qolib boshqa bolalarni o‘yinga taklif qilisharkanmi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Dam olish kunlari yoringizsiz ota-onangiz, qarindoshlarnikiga mehmonga yoki dam olishga ketsangiz, u bundan achchiqlanadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Juftingiz oilasining moliyaviy ahvolini tez-tez ta’kidlaydimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- O‘zgalarning sizga nisbatan bildirgan qarshi fikri, qo‘pol munosabati, eringizning kayfiyati salbiy tasir etadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) - Turmush o‘rtog‘ingiz maktabda yaxshi o‘qimagan, bugun esa katta marralarni egallagan do‘stlariga havas qiladimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Agar qo‘shningiz lotoreyada xashamatli uy yoki qimmatbaho mashina yutib olsa, bu eringizni tushkunlikka solib qo‘yadimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Turmush o‘rtog‘ingiz ishxonadagi rahbari uni emas, balki maqtovga munosib bo‘lmagan xodimlarni qo‘llabquvvatlashidan norozi bo‘ladimi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball)
- Eringizning do‘sti o‘ziga munosib bo‘lmagan ayolga uylanmoqchi bo‘lsa, u bundan tashvishlanadi, kerak bo‘lsa fikridan qaytarmoqchi bo‘ladi?
Ha ( 1 ball)
Yo‘q ( 0 ball) ???
⚜️NATIJASINI HISOBLAYMIZ!???
☑️ «PINHONA OShIG‘INGIZ»
0 baldan 6 balgacha: Turmush o‘rtog‘ingizning o‘z ichki olami mavjud. Ba’zi hollarda uning yurishturishi sizga sirli tuyuladi. U sizni keraklicha rashk qiladi, ammo buni sirtdan bilintirmaydi. Hislarini oshkora so‘zlashga nimadir to‘sqinlik qiladi. Ko‘pincha bu toifadagi erkaklar tavakkal qilishni yoqtirmaydi. Shovqinsuron ko‘tarmasdan, ishni imijimida bajarishadi. U sizni bir qolipda ushlab turadi. Turmush o‘rtog‘imni menda ko‘ngli yo‘q, rashk qilmaydi, deb tushkunlikka tushmang! Buning uchun sharoit ham yaratmang. Yo‘qsa, g‘azab otiga mingan «Otello» bilan uchrashishingiz hech gap emas.
☑️ «MASOFANI SAQLANG»
7 baldan 14 balgacha: Eringizning rashkini keltiradigan voqealar o‘ylab topishga urinmang. Turmush o‘rtog‘ingizga nima yoqishyoqmasligini yaxshi bilasiz, demak, xattiharakatlaringiz shunga yarasha bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, ko‘pincha juftingiz rashk borasida chegaradan chiqib ketadi. Bunday vaziyatlarda siz ustamonlik bilan unga qattiq gapirmaslikka, tengmateng olishmaslikka, iloji boricha xovuridan tushirishga harakat qiling. Ochiq chexra bilan vaziyatni tushuntiring. Aytishadiku, yaxshi gapga ilon inidan, yomon gapga pichoq qinidan chiqadi, deb!
☑️ «XAVFLI TOIFA»
15 baldan 20 balgacha: Ko‘z ochib ko‘rganingiz juda rashkchi. Balki sizga sezilmas, lekin nafas olishingizgacha nazorat ostida ekanini unutmang. Har qanday vaziyatda aql bilan ish ko‘ring. Agar turmush o‘rtog‘ingiz arzimas sabablar tufayli ham rashk qilaversa, yaxshisi taqdirga tan bering. U bilan tortishmaganingiz ma’qul, aks holda qattiq janjal kelib chiqishi mumkin. Gohida muloyimlik bilan eringizga rashk qilishingizni bildirib turing.Bu unga zavq bag‘ishlaydi. Har bir qilgan ishida rag‘batlantiring, yaxshi so‘zlar bilan maqtang,mehringizni his etib tursin. Ana shundagina uning ko‘ngli biroz bo‘lsada taskin
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.