DUNYONING TANIQLI BOYLARI, QANDAY KITOBLAR O’QISHADI?

Mutolaa – yangi ma’lumot, qiziqarli g‘oyalar va hayotiy qimmatli maslahatlar olishning ajoyib usulidir. Shunday ekan, dunyoning yetakchi ishbilarmonlari kitobsevar kishilar ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Fortune 500 ro‘yxatidan joy olgan yirik korporatsiyalar yoki muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi startaplar rahbarlari kitob o‘qishga vaqt topganda qolganlarning bahonasi o‘tmaydi. Ba’zi magnatlar klassik asarlarni mutolaa qilishni yoqtirishadi, boshqalari esa – kar’era qurish mavzusidagi qo‘llanmalarni afzaal ko‘rishadi, kimlar uchundir detektiv asarlardan yaxshisi yo‘q. InsiderPro Bill Geyts, Jeff Bezos, Ilon Mask va boshqa rahbarlarning sevimli kitoblariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

‼️‼️Jeff Bezos: «Kunning qolgan qismi»

Amazon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, badiiy kitoblar uni hujjatli adabiyotlardan ko‘ra ko‘proq narsalarga o‘rgatgan. Bezosning shaxsiy adabiyotlar ro‘yxatida urushdan keyingi Angliyada ro‘y bergan voqealarga asoslangan bosh xizmatkor va uning xotiralari haqidagi roman birinchi o‘rinni egallaydi.

‼️‼️Bill Geyts: «Javdarzordagi jarlik»

Microsoft hammuassisi o‘smirlik davridayoq Selinjerning asariga mehr qo‘ygan: «Men «Javdarzordagi jarlik» kitobini 13 yoshimda mutolaa qilganman, o‘shandan beri u – mening eng sevimli kitoblarimdan biri. Unda hikmat juda ko‘p!».

‼️‼️Stiv Jobs: «Hayot strategiyasi»

«Hayot strategiyasi» buyuk ishbilarmon Stiv Jobsning hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, shunday ekan, siz ham bu kitobni o‘qisangiz, foydadan holi bo‘lmasligi aniq. Kitobda muvaffaqiyat va uni qabul qilishdagi farqlar haqida so‘z boradi. Asar insonni hayotda o‘z yo‘lini topishga undaydi.

‼️‼️Tim Kuk: «Vaqt bilan bellashuv»

Aytishlaricha, Apple bosh direktori o‘z hamkasblari va xodimlariga «Vaqt bilan bellashuv: Vaqt omiliga asoslangan raqobat global bozorlar landshaftini qanday o‘zgartirishi mumkin» kitobi nusxalarini tarqatar ekan. Umuman olganda, bu kitobni mutolaa qilish uchun Apple’ga ishga kirish shart emas: unda siz samaradorlikni qanday oshirish mumkinligi, kun tartibingizni tashkillashtirish va kar’era qurishga doir tavsiyalarni olishingiz mumkin.

‼️‼️Mark Sukerberg: «Qashshoqlar portfoliosi: Nochorlar qanday qilib 2 dollar evaziga kun kechiradi?»

Facebook rahbari o‘zining yaqinda chop etilgan mutolaa uchun 23 kitob ro‘yxatida «Qashshoqlar portfoliosi»ni qayd etadi. Uning mualliflari Deril Kollinz, Jonatan Mordach, Styuart Rezerford va Orlanda Rutven 10 yil mobaynida aholining eng kambag‘al qatlamlarining moliyaviy hayotini o‘rganishgan.

‼️‼️Ilon Mask: «Benjamin Franklin. Tarjimai hol»

Ilon Mask — SpaceX va Tesla asoschisi. U boshqa bir omadli inson – bir vaqtning o‘zida o‘n vazifani bajarishning uddasidan chiqqan Benjamin Franklin haqidagi kitoblardan ilhomlanadi. Bu kitob buyuk arbobning hayotiy solnomasi desak yanglishmaymiz, unda Franklinning yozuvchi, ixtirochi, olim va diplomat sifatida shakllanishi to‘g‘risida hikoya qilinadi.

‼️‼️Richard Brenson: «Qafasdagi qush nima uchun sayrayotgani menga ayon»

Brenson o‘z kompaniyasi saytida o‘zining adabiy tavsiyalari jamlangan uzun ro‘yxatni chop etdi. Unda qiziq asarlar ko‘p: «Mahluqlarning yashash joyi», «Hobbit» bilan bir qatorda Mayya Enjelouning «Qafasdagi qush nima uchun sayrayotgani menga ayon» asari o‘rin olgan. Bu kitob Bill Geytsning kitoblar javonidan ham joy olgan.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish