DOIMIY BANDLIK BILAN QANDAY KURASHISH MUMKIN?

Hayot ish va kundalik tashvishlar bilan o‘tib ketmoqda. Biz kichik xursandchiliklarni sezmaymiz, dam olishga vaqtimiz yo‘q, doim o‘zimizni charchagan his qilamiz. «Layfxaker» psixolog Devid Sbarraning haddan ziyod bandlik bilan kurashish tajribasi haqidagi maqolasini taqdim etdi.

Devid Sbarra – Arizona universitetining psixologiya fanlari professori.

«Biz bandlikni shu qadar yuqori baholaymizki, tadqiqotchilar bizda harakatsizlikka nafrat va doimiy bandligimizni oqlashga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganini aniqlashmoqda. Biz buni ko‘pincha hatto sezmay ham qolamiz», – deydi Devid Sbarra «Vaqtim yo‘q» kitobidan parcha keltirar ekan.

Klinik psixolog Sbarra o‘z hayotini yaxshilashga intilgan (masalan, oilani saqlab qolish yoki depressiyani yengish) ko‘p odamlar bilan ishlagan. U ijobiy tomonga o‘zgarish faqat muammoning mavjudligini tan olgandan keyingina boshlanishiga ishonch hosil qilgan.

Shaxsiy javobgarlik — xatti-harakatlarimizdagi o‘zgarishlarni boshqaradi. Bu bandlik bilan kurashishda ham yordam beradi.

Tan oling, doimiy bandlik — bu muammo

Aksariyat ruhiy iztiroblarning sababi ko‘pincha yoqimsiz xotiralar va o‘y-xayollarga berilishdan kelib chiqadi. Biz ularni doimo miyamizda saqlaymiz va o‘zimiz hamda hayotdagi adolatsizliklar o‘rtasida psixologik masofa o‘rnata olmaymiz. Natijada biz o‘zimizning asosiy qadriyatlarimiz – xatti-harakatlarimizni boshqarishi kerak bo‘lgan asosiy tamoyillardan uzilib qolamiz. Shu bois salbiy o‘y-xayollar («O‘zimni juda yomon his qilyapman», «Dahshat», «Bundan yomoni bo‘lmasa kerak») bizni ta’qib qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Biz uchun muhim bo‘lgan barcha narsani qadrsizlantiruvchi bandlik bilan ham shunday yo‘l tutishimiz darkor. Biz ishlaymiz, bolalarimizni tarbiyalaymiz, muloqot qilamiz, sport bilan shug‘ullanamiz – bularning barchasini go‘yoki qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini shunchaki o‘chirayotgandek, ongsiz ravishda amalga oshiramiz. Bandlik hayotning asosiy tamoyili bo‘lishi kerak emas. Biroq ko‘pichna biz uning muammoga aylanganini sezmay ham qolamiz.

Hayotimiz yanada yorqin bo‘lishi va uni ongli ravishda yashab o‘tish uchun kamroq ish qilib, o‘z tanlovimizga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim.

Dam olish onlarini qadrlashni o‘rganing

Devid doim bandligi sabab hayotdan zavq ololmayotganini tushunib yetganida ko‘proq ko‘chada bo‘lishni maqsad qildi. U muntazam sport bilan shug‘ullanardi, biroq shunchaki sayr qilishni unutib qo‘ygandi. Shu bois ko‘proq piyoda yurishni odat qildi.

«Bu u qadar qiyin emas, – deydi Sbarra, – shunchaki mashinani idoradan biroz uzoqroq joyda qoldirib, kunduzi tushlikka piyoda boring».

Hatto haftada ikki-uch marta qo‘shimcha 40 daqiqa piyoda yurish ham hayot tarzimizni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Sayr muhim narsalarni o‘ylab ko‘rish, tabiatdan ilhom olish va tinchlanish uchun imkon yaratadi.

Bundan tashqari, Devid bo‘sh vaqtni qadrlashni maslahat beradi. Bu dangasalikka chorlash emas, shunchaki hech qanday ish bilan band bo‘lmagan lahzalarning muhimligini anglab yetishdir. U jurnalist Tim Krayderning «Biz hech qanday saboq chiqarmaymiz» kitobidan bir esseni keltiradi.

«Doimiy bandlik bizga bo‘shliqdan sug‘urtalanish, o‘zimizni rag‘batlantirish uchun xizmat qiladi. Albatta, har bir soatimiz ish bilan band bo‘lsa, bizning hayotimiz bema’no bo‘lishi mumkin emas».

Tim Krayder

Doimiy bandlik bilan kurashishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar:

Oddiy, rejalashtirilmagan harakatlardan zavq olishni o‘rganing. Masalan, bolalar bilan o‘ynash yoki divanda kitob mutolaa qilib orom olish. Ehtimol, siz ham Devid kabi kam ishlagan paytingizda ko‘proq samara ko‘rsatarsiz.
Ijtimoiy tarmoqlardan voz keching. Bu sizning e’tiboringizni muntazam ravishda tortib turadigan «qora tuynuk». Siz shovqin-suronli, e’tibortalab odamlarga to‘la xonada turishingiz dargumon, biroq biz ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirgan vaqtimizda miyamiz aynan shunday vaziyatda bo‘ladi.
Ko‘proq tabassum qiling. Bandlik jiddiylik bilan yonma-yon yuradi. Hamma narsaga haddan tashqari jiddiy yondashish esa faqat ziyon yetkazadi.
Do‘stlaringiz va yaqinlaringizni qadrlang. Do‘stlik bizning kuchlarimizni xuddi taom kabi quvvatlab turadi.

Qizig‘i shundaki, biz kamroq ish qilib, hayotdan ko‘proq zavq olamiz. Ba’zan baribir qandaydir ishlarga chalg‘ib ketamiz, albatta. Biroq umuman olganda o‘zingizni yaxshiroq his qila boshlaysiz, qarorlarni ongli ravishda qabul qilasiz va yanada tetiklashasiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish