Boladagi qo’rquvni yengish bo’yicha ba’zi tavsiyalar:
? Bolaning qo’rquvini qabul qiling,ya’ni undagi qo’rquv siz uchun kulgili bo’lishi mumkin,yoki oddiy ammo bolaga hech qachon biror narsadan qo’rqqanida ahmoq ekanligini yoki qo’rqmaslik kerakligini aytmaslik juda muhim.
«Qo’rqadigan hech narsa yo’q» yoki «Bundan qo’rqish juda ahmoqlik» kabi xabarlar uni bu o’zida nimadir noto’g’ri deb o’ylashga majbur qiladi ya’ni o’ziga nisbatan ishonchi pasayadi.
Bolaga qo’rquv normal ekanligini yoki qo’rqqanda sizdan yordam so’rashi mumkinligini tushuntiring.
?Bola har safar qo’rqib ketganida quchoqlab oling.Yumshoq quchoq stressni yengillashtiradi va unga qo’rquvni osonroq yengishga yordam beradi.
?U nimadan qo’rqayotganini aniqlab oling.Va u qo’rqqan narsani ertaklarda yaxshi obraz sifatida tasvirlang, qo’rqayotgan narsasi haqida ko’proq suhbat qiling.Bu unda qo’rqayotgan narsasiga nisbatan yaxshi tushuncha paydo bo’lib,unga yana duch kelganda xotirjam bo’lishiga yordam beradi
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.