❗️BIR ODAMGA BOGLANIB QOLISHDAN QUTILISH UCHUN NIMA QILISH KЕRAK ?
❄️Sog’lom ko’nikmalarni hosil qiling. Hech bir inson faqat sizga tegishli emas. U ham mustaqil, uning ham o’z hayoti bor. Shuning uchun atrofingizdagi odamlarni, shu jumladan, bog’lanib qolgan insoningizni boricha qabul qiling.
❄️O’zingizni turli yumushlar bilan band qiling. Bo’sh vaqtingiz bormi, uni albatta, biror qiziqqan mashg’ulot bilan o’tkazing. Bir necha faoliyat turi bilan shug’ullangan odam har bir jabhada turli muhitni, turli odamlarni ko’radi va bir odamga bog’lanib qolmaydi.
❄️Shuningdek, bog’lanib qolish qarama-qarshi jins vakillari o’rtasida ham bo’ladi. Buni ular sevgi deb o’ylashadi. Egoistik bog’lanib qolish bilan sevgini qanday farqlash mumkin? Buni birgina misolda ko’rib chiqamiz.
Siz sevgan insoningizning yutuq va muvaffaqiyatlaridan undanam ko’p xursand bo’lasizmi? Yoki uning yutuqlari sizni quvontirmaydimi, balki umuman qiziqtirmas? O’sha yutuqlarga erishish uchun sarflagan vaqtini sizga bag’ishlaganda yaxshi bo’larmidi? Demak, endi xulosa qiling, siz uchun qay biri muhim?
Agar hamrohingizning muvaffaqiyatlari sizni ham quvontirsa, tuyg’ularingiz sevgi ekanidan, agar aksincha bo’lsa, egoistik bog’lanib qolganligingizdan darak.
❄️Bog’lanib qolishning yana bir turi bor. Bu — ota-ona, bobo-buvi kabi insonlarga, yaʻni boshqaruvchiga bog’lanib qolishdir. Bunda hayotingizni kimdir boshqarishi kerak. O’z masʻuliyatlaringizni shu boshqaruvchiga topshirib qo’yasiz. Sizga shunday yashash oson. Shunday toifa insonlarga aytar gapimiz shuki,yashayotgan hayotingiz, g’alaba va mag’lubiyatlaringiz, g’am va shodliklaringiz faqat o’zingizniki! Bog’lanib qolgan insoningiz sizga bog’lab qo’yilmagan. Ertaga vaziyat o’zgarib, ayriliq yuz berganda, bunga chidashingiz qiyin kechadi, qattiq tushkunlikka tushib
qolishingiz mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.