Karlos Slim falsafasi
– Dunyoning eng boy shaxslaridan biri bo‘lgan meksikalik milliarder Karlos Slim biznes, insoniylik, ezgulik haqida shunday deydi:
– Biznesmen faqatgina biznes bilan cheklanib qolmasligi lozim. Hayot sizga o‘qib-o‘rganish, his qilish, mazmunli umr kechirish uchun juda ko‘p imkoniyatlarni taklif etadi.
– Menimcha, ishbilarmon-tadbirkorlar manbalardan foydalanish va boshqarishda boshqalarga nisbatan ko‘proq tajribaga ega.
– O‘zgalarning fikri bilan yashaydigan inson inson emas.
– Siz kelajakni ko‘ra olishingiz kerak, buning uchun esa o‘tmishni yaxshi bilish lozim.
– Imkon boricha katta xatolarga yo‘l qo‘ymang.
– Biznesda egiluvchan bo‘lish shart.
– Har qanday biznesda 15-16 soatlab ishlash shart emas, aks holda o‘zingiz, oilangiz va farzandlaringiz uchun vaqtingiz qolmaydi.
– Biznesmen – o‘zi vaqtinchalik boshqarishi mumkin bo‘lgan boylikni yaratuvchidir.
– Xususiy sektor odamlarni qo‘llab-quvvatlashi darkor, lekin pul bilan emas, ish bilan.
– Eng yaxshi sarmoya, bu yangi ish o‘rni yaratish. Kam ta’minlangan insonlarni zamonaviy bozor iqtisodiyotiga jalb etish.
– Mehnat nafaqat ijtimoiy mas’uliyat, balki ma’naviy ehtiyoj hamdir.
– Baxtga erishish yo‘li o‘z qadringizni bilishingizdan boshlanadi.
– Doimo yaxshilikni o‘ylash o‘z mevasini beradi.
– Men hali ham so‘rashdan, o‘rganishdan to‘xtamayman.
– Boylikka ega bo‘lish va uni behuda narsalarga sarflash telbalikdir. Hayotingiz davomida boyligingizni yaxshilik yo‘lida sarflang.
– Biznes rohatlanish degani emas. Biznes mehnat degani.
– Omad ishlab topgan pulingiz, shaxsiy kompaniyangiz emas. Omad – sizning hayotingiz. Omad – oilangiz, do‘stlaringiz. Shu jihatdan olib qaraganda, men o‘zimni judayam omadli deb hisoblayman.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.