AYOLLARNIG TURMUSHDA YO'L QO'YADIGAN 7 XATOSI

‼️‼️Birinchi xato: Qo‘rquv
Ba’zida ayollar eri xiyonatkormi, ichkilikka mukkasidan ketganmi yoki xotinini urib o‘ldirib qo‘yar darajada zolimmi — baribir chidab yashayverishadi. O‘sha ichuvchidan nogiron bola tug‘ilishi mumkinligini, erlari biror bedavo dard olib kelib, yuqtirishini yoki bir kun urib, mayib qilib qo‘yishini bilsalar ham. Ishqilib ersiz ayol tamg‘asini olmasalar bo‘ldi. Natijada, qancha umrlar xazon, bolalar yetim, taqdirlar burda-burda… Faqat oilali ayol o‘zini risoladagi ayol hisoblashga haqli. Ajrashgan ayol go‘yoki ikkinchi nav mol.
✅Maslahat. Albatta, inson oilasida o‘zini baxtli his qilishi muhim. To‘kis oilada o‘sgan farzandlarning ham ko‘ngli yarim bo‘lmaydi. Biroq… Inson hayotidan, ayniqsa, bir yoki bir necha farzandli ayol hayotidan ustunroq qadriyat bormikan? Hayotingizga xavf solayaptimi, bu masalada yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Kurashing, oilangizni faqat sog‘lom asrab qolish uchun. Unutmang, siz avvalo bolalaringizga keraksiz, sog‘lom keraksiz. Shuning uchun o‘zingizni asrang va bu kabi vaziyatlarni hal qilishga qo‘rqmang.

‼️‼️Ikkinchi xato: Taqqoslash
Dunyodagi millionlab Kuloyimlar o‘z shahzodalarini kutadilar. Ammo undan hech darak yo‘q. So‘ngra yonginalaridagi bog‘da yer chopib yurgan bog‘bonga tegib ketadilar. Yo‘q-yo‘q, u bog‘bonga ko‘ngil qo‘yganlari uchun emas, shunchaki yolg‘iz yashashdan qo‘rqqanlari uchun. Keyin-chi? Keyin butun umr o‘sha shahzodaga erlarini solishtiraverib, sho‘rlikning asablarini egovlab yashaydilar. Shahzodangiz kelmasa yoki uni oxirigacha kutishga sabringiz chidamagan bo‘lsa, sho‘rlik bog‘bonda nima ayb?
✅Maslahat. Faqat yolg‘izlikdan qo‘rqib birovning hayotiga kirib olish, so‘ng uni zaharga aylantirish insofdan emas. Gap tanlagan insoningizdan haddan ortiq narsa kutishingizda ham emas, gap o‘zingizdan hech nima kutmasligingizda. Erkaklar sizdagi tuyg‘ularni anglamaydigan darajada ahmoq emas. O‘zini shunchaki yolg‘izlikdan qochish uchun vosita sifatida qo‘llaganlarini sezgan erkak nima qilishi mumkin? Albatta, nafratlanadi sizdan. O‘zingizni o‘zgartiring, sevishga, tushunishga urining, uddasidan chiqsangiz, oila quring. Bo‘lmasa, birovning hayotini behudaga barbod qilmang. Balki u hali hayotda o‘z tengini uchratar. Siz ham…

‼️‼️Uchinchi xato: Yolg‘on muhabbat
Ayol har ikki gapining birida turmush o‘rtog‘imni sevaman deyaversa, bilingki, aldayapti. Haqiqiy tuyg‘u tilda emas, dilda bo‘ladi. Tilda aylanavergan so‘z esa bora-bora qo‘shtirnoq ichiga tushadi. Ayol atrofdagilarni aldayaptimi yo o‘zini yolg‘onga ishontirmoqchimi? Balki ikkisi hamdir.
✅Maslahat. Sevmasangiz, sevishga harakat qilib ko‘ring. Vaqt o‘tishi bilan tuyg‘ular yangilanadi. Chunki inson o‘zgaradi. Lekin aslo har ko‘ringanga «erimni sevaman» deb aytavermang. Birinchidan, bu odob-ahloqqa hech to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, aytaverganingiz bilan u haqiqatga aylanib qolmaydi. Aytib emas, his qilib sevish kerak.

‼️‼️To‘rtinchi xato: Tarbiyalash
Yoshi yigirma nechchigayam chiqqan, balki undan ancha oshgan odamni qayta tarbiyalab, nimaga erishish mumkin? Muvaffaqiyatsizlikka va ortiqcha asabbuzarlikka, xolos. Turmushga chiqayotganingizda «Hali unga aytganimni qildiraman, o‘z izmimga solib olaman», deb xomta’ma bo‘lmang. Yaxshisi, «Nima qilayapman o‘zi? Shu odam bilan yonma-yon yashab, tosh kelsa, kemirish, suv kelsa, simirishga qurbim yetadimi? Uning injiqliklariga chiday olamanmi?» deb o‘zingizdan so‘rang. Ba’zida to‘ydan avval yigitdagi sizga juda yoqqan xususiyatlar oilaviy hayot kechira boshlagach, yoqmay qolishi, hatto asabingizga tegishi mumkin. Har narsaga tayyor turing.
✅Maslahat. Turmush o‘rtog‘ingizdan kimnidir yasashga urinmang. Aksincha, u bilan birga yashab qolish uchun qaysi o‘tkir burchaklardan ehtiyot bo‘lish kerakligini biling. Nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim-u nimalarni o‘zingizga olmaganingiz yaxshi? Ana shularni bilib olganingizdan keyin oilaviy hayotingiz ravon yo‘lga tushadi.

‼️‼️Beshinchi xato: Jahl
Tabiiyki, ming urinmaylik, baribir nimadandir jahlimiz chiqadi. Lekin erkaklar ayollardagi jahlning bir turini umuman kechira olishmaydi. Bu bolalarga qilingan jahl. Erkak kishi o‘ziga qilingan qo‘pol munosabatdan ham ko‘ra farzandlariga nisbatan jahlni og‘irroq oladi. Aytishlaricha, ayol homiladorlik payti erining ko‘ziga eng chiroyli, bolasini urgan va unga baqirgan payti esa eng xunuk bo‘lib ko‘rinarkan.

✅Maslahat. Juftingizdan jahlingiz chiqsa, chuqur-chuqur nafas olib, ichingizda o‘ngacha, yuzgacha, kerak bo‘lsa, minggacha sanang. Bolangiz asabiylashtirsa, iloji boricha undan uzoqroq keting, nima bilandir shug‘ullanib chalg‘ing. Keyin tinchlanib, masalani hal etishga kirishing. Aslo boshqa narsaning alamini boladan olmang, juftingizning oldida esa hecham ularni jerikmang, zahringizni sochmang.

‼️‼️Oltinchi xato: Araz
Kichkina qizaloq arzimagan narsaga arazlab yig‘lasa — hechqisi yo‘q. Ba’zan, hatto bu unga yarashadi ham. Ammo u ulg‘ayib, oila qurib bola-chaqali ayolga aylanganida ham har narsaga arazlayversa, nuqul tushkun kayfiyatda yursa, eridan tabassumini ayasa, buni na tushunib, na oqlab bo‘ladi. Ayol oiladagi iliq muhitni yaratuvchi va saqlab turuvchi zot. Ko‘p narsa uning sog‘ligi va kayfiyatiga bog‘liq, bu kayfiyat yuqumlidir. Shu sababli uning bo‘lar-bo‘lmasga arazlab, xafa bo‘laverishi xudbinlikdan o‘zga narsa emas.
✅Maslahat. Hayotda turli muammolar ko‘p uchraydi. Bu og‘riqlarni kulib yenga olgan insonning esa irodasi toblanadi. Ayol baxti uchun shunday qimmat haq to‘lashga majbur. Nachora! Bekorga «ONA» deb ulug‘lashmaydi-ku bizni. Bardam bo‘ling, yosh bolaga o‘xshab arazlayvermang. Vaqti kelsa, orqaga tashlang, vaqti kelsa, ichga yuting, juda bo‘lmasa, xafa qilganning o‘ziga qaytarib oting. Lekin aslo oiladagi muhitni buzmang. Jilmayib yuring!

‼️‼️Ettinchi xato: Chidash
Ayol dunyodagi eng sabrli zot. U istasa, eng kuchli og‘riqqa ham dosh beradi, eng og‘ir vaziyatdan ham chiqib keta oladi, eng mudhish xiyonatni ham kechiradi. Ammo bularning bari yaxshilikka xizmat qilishi kerak. Ba’zida yangi muammo yaratishdan qo‘rqib emas, eskisini yechishga botinolmay sabr qilib yuraveramiz. Eri kun bo‘yi ko‘chada bekorchixo‘jalar bilan narda o‘ynab o‘tirsa-da, bir o‘zi ro‘zg‘or yukini tortayotgan, qaddi bukchayib, yuziga eldan burun ajin tushib ketganlar qancha? Xo‘sh, o‘sha er minnatdor bo‘layaptimi? Biror marta dangasaligini yengib, xotinining yukini yengillatishga harakat qilayaptimi? Yo‘q! «O‘zi eplayapti-ku, demak, hammasi joyida», deb pinagini buzmayapti.
✅Maslahat. Istak bo‘lsa, hammasini o‘zgartirish mumkin. Faqat indamay chidashni bas qiling. Turmush o‘rtog‘ingizni aldab-suldab yo‘lga solishga urining, o‘zingizni ham biroz hurmat qiling, yaxshi ko‘ring. Siz ko‘tarmasangiz, o‘zi orqalaydi o‘sha yukini. Muammolardan qochmaslik, aksincha ularni hal qilish kerak, unutmang.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish