Ayol qahva kabidir, agar unga e’tibor bermay, beparvo bo‘lsangiz, muzlab, sovib qoladi, hattoki sizga bo‘lgan his-tuyg‘ularida ham.
Ayol agar yaxshi ko‘rgan kimsasi oldida jim bo‘lib qolsa, uning ichidagi aytolmay qolgan barcha so‘zlari ko‘z yoshi shaklida oqib keladi!
Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo‘rqadi, ammo oxirida esa siz undan uzoqlashsangiz, yig‘lay boshlaydi. Uni juda kamchilik tushuna oladi!
Ayol sizdan ortiqcha narsa talab qilmaydi, u faqatgina
sizdan o‘z singlingiz uchun siz orzu qilgan kuyov kabi bo‘lishingizni istaydi, xolos..
Agar o‘zingiz bilan e’tibor, parvarish xaltasini ko‘tarib
olmagan bo‘lsangiz, ayol kishining qalb eshigini taqillata ko‘rmang!
Ayol yo juda katta makrdir, yoki buyuk muhabbatdir!
Xohlaganingizni tanlab oling, ey erkaklar! Agar unga nisbatan makr
ishlatsangiz, sizga ham makr bilan javob beradi. Agar uni yaxshi
ko‘rsangiz, uning chinakam sohibiga aylanasiz!
Ayol o‘zi betob holida dardingizga darmon bo‘ladi, o‘zi xazin holida sizga tasalli beradi, charchagan holida kechalari uxlamay chiqadi, o‘zi tanimagan kimsa uchun ham xafa bo‘ladi, to‘yi kuni ham yig‘laydi…
Ayol jismonan erkaklarga nisbatan zaif bo‘lsa ham, oilaning yukini ko‘tara olishga qodir. Ammo uning ko‘ngli nozik va ta’sirchan bo‘lgani sababli shuncha yukni ko‘targan ayol eri va oila a’zolarining salgina qo‘pol muomalasi yoki oiladagi biror vaziyat yuzasidan bergan tanbehini ko‘tara olmasligi mumkin. Chunki ayol oiladagi behisob tashvishlar va uy-ro‘zg‘or yumushlaridan charchashi tufayli shunday holatga tushishi tabiiy. Bunday vaziyatda eri uni to‘g‘ri tushungan holda xotiniga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
Unga ozgina yumshoqlik bilan lutf qiling !
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.