- Har qanday imkoniyatda muammoni ko‘rish
Omadsiz har qanday yaxshi ishning ham salbiy jihatini izlaydi. O‘zining bekorchiligini oqlash uchun ehtimoldagi salbiy oqibatlarni bahona qiladi. U ko‘pincha o‘zgalarning omadli ekani haqida gapiradi. Shu yo‘l bilan o‘zining biror ulkan maqsadga yetisha olmasligini yashiradi.
- Mas’uliyatni o‘zgalarga yuklash
O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning yetishmasligi qurbon sifatida ko‘rinishga olib keladi. Omadsizliklarida o‘zgalarni ayblaydi.
- Doimiy ravishda o‘zini oqlash
U ko‘pincha javob tariqasida “Bu mening ishim emas”, “Men hech narsa uchun javobgar emasman” qabilidagi iboralarni qo‘llaydi.
- Mag‘lubiyatga tezda taslim bo‘lish
Omadsiz kishi orzusidan voz kechib, yangi orzu ortidan ish joyini tez-tez o‘zgartirishi mumkin. Biroq hech nima qilmaslik uchun doim bahona topadi.
- TV va lotereyalarga tobelik
Omadsiz foydali ishlar o‘rniga televizor ekrani ro‘parasida juda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Bundan tashqari, u bir lahzada boyish haqida orzu qiladi.
- O‘zgalarning ma’qullashini kutish
Omadsiz o‘zgalarga manzur bo‘lishga harakat qiladi. U o‘zi haqidagi tasavvurni atrofdagilar fikriga qarab shakllantiradi.
- O‘zi nima istashini bilmaslik
Omadsiz darhol mukofot olishni istaydi. Uning fikrlari juda tez o‘zgaradi. U o‘zini tushunmaydi va hayotdagi maqsadini topa olmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.