QIZIQARLI MA’LUMOT
Hayotda nimadirga erishmoqchi bo’lganlarga 5 ta maslahat.
1⃣. O’zingiz haqingizda salbiy o’ylarni o’ylashni bas qiling. Siz -noyob shaxssiz, shubhalanib yoki o’ziga ishonmay siz sizni bu dunyoga keltirgan buyuk kuchni tana qilgan bo’lasiz. Tez tez shu haqida eslab turing
2⃣. Siz haqingizda birovlarning nima deb o’ylashi – bu ularning ishi! Agar inson sizni mazax qilayotgan mavzuda sizdan a’lo ish qilmagan bo’lsa demak uning so’zlari bekor. Rivojlanishni hohlayotgan odamlar omadli insonlarni ta’qib qiladi va ulardan o’rnak oladi. Unday odamlarda boshqalarni kirini qidirishga vaqt yo’q. Boshqalarni kirini qidiruvchilar -bular omadsiz odamlarning yo’li. Ular bir joyda turaveradilar, »o’sish»dan qo’rqadilar. Sizga ana shunday omadsizlarning fikri muhimmi?
3⃣. Nima qilayotganingizni biling! ! Kimsiz, qayerdasiz va ayni damda nima bi’lan shug’ullanyapsiz – bu oddiy savollar sizga hamma ishini »keyin»ga qoldiradigan ishsiz insonlardan bo’lib qolmaslikka clyordam beradi. Bu hilat bizni rivojlanishga, o’z ustimizda ishlashimizga hayotda katta yutuqlarga erishishishimizda to’sqinlik qiladi.
4⃣. Omadsizlik yo’q, tajriba bor! Agar hamma ishlaringiz siz hohlayotgandek kechmayotgan bo’lsa ham tushkunlikka tushmang. Doimo esda tuting bu qiyinchiliklar faqatgina qo’llayotgan uslubingizni o’zgartirishingiz mumkinligidan dalolat orqaga chekinishingizdan emas!
5⃣. Harakat qilishni boshlang! Odamzot doimo ikkilanadi. Siz hech qachon 100% to’g’ri yo’lni topa olmaysiz va ikkilanishdan halos bo’la olmaysiz. Harakat – barcha ikkilanishu qo’rquvlarga nuqta qo’yuvchi doridir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.